×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Pediatriya fakulteti 2-Peditariya kafedrasi qoshidagi  “Yosh  pediatrlar” talabalar ilmiy jamiyatining 2023-2024 o‘quv yilida 23 nafar bakalavriat talabalari a’zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o‘tkaziladigan to‘garak yig‘ilishlarida faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba  o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan va «Ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarni olib bormoqda. 

  Talabalar ilmiy jamiyati 2023-2024 o‘quv yilidagi faoliyatini 2023 yil 28 avgustda tasdiqlangan reja asosida tashkil qilindi va olib borildi.

  Talabalar ilmiy jamiyati (mas’ul kafedra dotsenti, t.f.n.,  Axmatov A.) kafedra mudiri t.f.d., dotsent N.I. Axmedjanova  rahbarligida yig‘ilishlar haftaning har shanba kunlari o‘tkazilib borildi va o‘tgan vaqt davomida umumiy hisobda 14 marta ilmiy to‘garak yig‘ilishlari o‘tkazildi. 

  Ilmiy to‘garakka a’zo talabalarga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida malumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig‘ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to‘g‘risida master-klasslar o‘tkazildi. 

  Shuningdek, to‘garak qatnashchilari Samarqand viloyat bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazining somatik bo‘limlarida bemorlar ko‘rigi jarayonlarida amaliy bilimlarini boyitib bordi.

  Pediartiyaning dolzarb yo‘nalishlari hisoblangan pulmonologiya, kardiologiya, nefrologiya bo‘yicha talabalar o‘rtasida guruhlar shakllantirilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. TIJ yig‘ilishlarida Universitetning xalqaro tibbiy ta’lim fakultetidan ko‘pchilik talabalar qatnashishi va mahalliy talabalarning qiziqishlarini hisobga olib konferensiyalar ingliz, rus va o‘zbek tillarida tashkil qilindi. 

  Kafedraning «Yosh pediatrlar» talabalar ilmiy jamiyati a’zolari 2023 yil 15-16 dekabr kunlari universitetimizda o‘tkazilgan Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining xalqaro “Samarqand-2020” olimpiadasining “Pediatriya” fani bo‘yicha  6 nafar  talaba faol ishtirok etib, umumiy yakunda 1 ta I o‘rin va 1 ta II o‘rinli diplomlar bilan, qolgan talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

  2023 yilning 4 noyabr sanasida SamDTUning 5 ta pediatriya kafedralari o’rtasida tashril etilgan “Master klass”da 5 nafar TIJ a’zolari ishtirok etishdi va 5 ta I-III darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

  Kafedraning «Yosh pediatrlar» talabalar ilmiy jamiyati a’zolari 2024 yil 16-17 may kunlari universitetimizda o‘tkazilgan “Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari va yosh olimlarning 78- Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi”da faol qatnashdilar, jumladan konferentsiya ilmiy ishlar to’plamida 13 nafar talabalarimizning ilmiy ishlari chop etildi, konferentsiya dasturida TIJ ning 3 nafar a’zolari doklad bilan chiqishdi va , konferentsiya yakunida 2ta II darajali va 1 ta III darajali diplomlarga sazovor bo’lishdi.