×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  2-gospital pediatriya kafedrasi 1981 yilning 22 sentyabrida SamDTI rektori (prof. S.A.Aripov) ning 105-0 sonli buyrugi asosida tashkil qilingan. Kafedra mudirligiga yosh olim, tibbiyot fanlari doktori J.Eshqobilov tayinlandi. J.Eshkobilov kafedra tashkil etilishidan oldin sobiq Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining xaqiqiy a’zosi, professor V.A.Tabolin konsultantligida «Zabolevaniya pochek u detey v usloviyax jarkogo klimata Uzbekistana» («O’zbekistonning issiq iklim shiroitida bolalarda buyrak kasalliklari») mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. YAngi tashkil qilingan kafedraga shu yili oktyabr oyida kafedra mudirining ustozi V.A.Tabolin tashrif buyurdi. Professor V.A.Tabolin kafedra bazasi – shahar bolalar klinik shifoxonasida kafedra xodimlari, shifoxona ordinatorlari va talabalar ishtirokida bemorlar ko’rigi va konsultatsiyalar utkazdi.

SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, prof. V.A. Tabolin kafedrani yangi bazasida bemorlarni klinik kurigi (1 – sonli Samarqand shahar bolalar klinik shifoxonasi, (1981))

  Kafedra jamoasii bilan muloqotda V.A.Tabolin ilmiy yo’nalish sifatida «Bolalarda irsiy va orttirilgan buyrak kasalliklari» mavzusini tavsiya etar ekan,o’zbek populyasiyasida inbriding (qarindosh nikoh) koeffitsenti yuqoriligi bois siydik tizimi a’zolari patologiyasining irsiy aspektlarini, shuningdek O’zbekistonningsiydik tosh kasalligi bo’yicha endemik regionligini hisobga olgan xolda dismetabolik nefropatiyalarni tadqiq qilishning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Professor V.A.Tabolin ilmiy tadqiqotlarni siydik tizimi kasalliklari tarqalishiniyoshga va jinsga ko’ra o’ziga xosligini vava nozologik strukturasini inobatga olgan xolda yo’naltirilgan tadqiqotlarni boshlashni maslahat berdi.

  SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi, prof. V.A. Tabolin SamGosMI pediatriya kafedralari va 1- sonli shahar bolalar klinik shifoxonasi xodimlari orasida (1981).

  Kafedra jamoasi Jonxo’roz Ishqobilovich rahbarligi ostida tashkil etilgan davrdanoq MOLGMI 2-son gospital pediatriya kafedrasi (mudiri-prof. V.A.Tabolin), nefrologiya bo’limi (mudiri-prof. V.I.Naumova), sobiq Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining Pediatriya ITI (direktor-akad. M.YA.Studenikin), nefrologiya bo’limi (mudiri-prof. M.S.Ignatova), Moskva pediatriya va bolalar xirurgiyasi ITI (direktor-akad.YU.E.Veltiщev) bilan yaqin hamkorlikda ishlay boshladi.

  SobiqIttifoqning ushbu yirik ilmiy nefrologik maktablarining ta’sirida kafedrada qisqamuddat ichida metabolik statusni tadqiq qiluvchi zamonaviy tekshirish usullari (triptofan metabolitlari xromotografiyasi - T.F.Ernazarov, siydik kislotasi, oksalatlarni aniqlash – T.K.Knapp, «Solifoli» plastinkalaridayupqa qavatli xromotografiya va densitometriya yordamida qon lipidogrammasi – A.A.Axmatov, N.A.Karimova, R.R.Tuxvatullina, kolonnali xromotografiya usulida biriktiruvchi tuqima metabolitlarini aniqlash –K.R.Dilmuradova, bolalar buyrak kasalliklarida fermenturiya (neytral va nordon α – glyukozidazalar, β – geksozaminidazalar, β - galaktozidazalar)ning klinik-diagnostik axamiyatini kursatuvchi tekshirish usullari –A.S.Diveeva) yo’lga qo’yildi. Gormonal tekshirishlar SamDTII nur diagnostikasi va nur terapiyasi kafedrasining radioimmunologik laboratoriyasi bilan hamkorlikda yo’lga qo’yildi (Kaf.mudiri-prof. T.M.Mamajonov).

SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi, MITM (MNIC) pediatriya va bolalar jarrohligi ilmiy-tadqiqot markazining direktori, prof. Yu.E. Veltischev (qo'il ko'tarilgan), prof. A. Knapp (Germaniya)

  2012 yil iyun oyidan 2020 yil oktyabr oyiga qadar t.f.n, dotsent Yuldashev B.A. kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatdi.

  2019 yil oktyabr oyidan kafedra mudiri sifatida t.f.d., dotsent N.I. Axmedjanova faoliyat ko’rsatmoqda. Uning rahbarligi va konsultantligida zamonaviy pediatriyaning dolzarb mavzularida 1 doktorlik va2tanomzodlikdissertatsiyalari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

  Xozirgi vaqtda kafedra SamDTI 2-pediatriya kafedrasi Samarqand viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi klinik bazasida joylashgan. Bu erda talabalar ixtisoslashtirilgan: pulmonologiya, allergologiya, kardiologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, erta yoshli bolalar patologiyasi, funksional va laborator diagnostika bo’limlarida tahsil olishadi.