×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “ILHOM” mukofoti respublika tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi

  Shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan OTMlarda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish, shoir va yozuvchilar asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish hamda ularni yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’sis etilgan “ILHOM” mukofoti tanlovini e’lon qilingan edi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “ILHOM” mukofoti respublika tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

  Ishtirokchilar milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab oluvchi 50 ta savoldan iborat test sinovlari orqali baholandilar.

  Yakuniy natijalarga ko‘ra:

  1-o‘rin Sarayeva Dilshoda

  2-o‘rin Raxmonov Ravshan

  3-o‘rin R.Eshmamatova, N.Karimova D.Mamanovalarga nasib etdi.

  Tanlovning birinchi bosqichida 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishirokchilar keyingi bosqichga yo‘l oladilar.


SamDTU Matbuot xizmati