Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Sayt haqida

Ommaviy oferta


  «sammu.uz» - Samarqand davlat tibbiyot universitetining rasmiy sayti hisoblanib, universitet hamda tibbiyot sohasidagi yangilik va e'lonlarni berib boradi (saytdan foydalanish mutlaqo bepul). Shuningdek universitetning sayt bilan integratsiya qilingan rasmiy Mobile ilovasi mavjud bo'lib ularni Google Play va App Store’dan yuklab olishingiz mumkin.

Umumiy qoidalar


Ushbu qoidalar foydalanuvchilar uchun sammu.uz hamda sammu.uz negizida faoliyat yuritayotgan (mt.sammu.uz, e-library.sammu.uz, interactive.sammu.uz) saytlari shuningdek universitet rasmiy Telegram kanal(gruppa)larining axborot materiallaridan foydalanish tartibini belgilaydi.


1.Umumiy qoidalar

  1.1. Saytning axborot materiallaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.

  1.2. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.

  1.3. Ushbu qoida ommaviy oferta hisoblanadi. Saytning axborot materiallaridan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu oferta shartlariga bevosita rozi deb qabul qilinadi.

  1.4. Mazkur qoidalardan bexabarlik foydalanuvchini qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.

2. Sayt materiallaridan foydalanish tartibi

  2.1. sammu.uz hamda sammu.uz negizida faoliyat yuritayotgan (mt.sammu.uz, e-library.sammu.uz, interactive.sammu.uz) saytlari shuningdek universitet rasmiy Telegram kanal(gruppa)larida e’lon qilingan materiallarni to‘liq ko‘chirib olish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, shuningdek, ulardan tijorat hamda foyda olish maqsadida foydalanish tahririyat roziligi bilangina iqtibos keltirgan holda foydalanishga ruxsat etiladi va bunda quyidagi talablarni bajarish zarur:

  2.1.1. Maqolaning 2–3-jumlasi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak: Bu haqda SamDTU xabar beradi.

  2.2.2. Bunda:

  a) Elektron OAV nomi, ya’ni «SamDTU» so‘ziga havola (link) qo‘yilishi va u https://sammu.uz sahifasiga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

  b) «xabar beradi» so‘z birikmasiga havola (link) qo‘yilishi va u sammu.uz hamda sammu.uz negizida faoliyat yuritayotgan (mt.sammu.uz, e-library.sammu.uz, interactive.sammu.uz) saytlari shuningdek universitet rasmiy Telegram kanal(gruppa)larida foydalanilgan materialga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.

3. Shartlarni bekor qilish

  3.1. SamDTU ma'muriyati istalgan vaqtda ushbu shartlarini bir tomonlama o'zgartirishga haqli. Bunday o'zgartirishlar shartnomaning yangi tahriri saytda joylashtirilgan kundan boshlab besh kundan keyin kuchga kiradi. Agar foydalanuvchi kiritilgan o'zgartirishlarga rozi bo'lmasa, u saytning axborot materiallaridan foydalanishni to'xtatishi shart.

4. Kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish tartibi

  4.1. Ushbu qoidalardan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq barcha mumkin bo‘lgan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

  4.2. Shartnoma qoidalari foydalanuvchilardan birortasi tomonidan buzilgan taqdirda SamDTU ma'muriyatining manfaatlarini himoya qilish va axborot materiallariga mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun tegishli choralarni ko'rish huquqidan mahrum qilmaydi.


Shu o‘rinda biz hamkorlikda ishlashga doim ochiq va mamnunmiz

Hamkorlik masalalari bo‘yicha SamDTU ma’muriyatiga murojaat qiling!