×
Menu
Close Menu

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Erkayev Akbar Ro`zimurodovich

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig’i

Qabul vaqti: 8.30-17.00 (tushlik 13.00-14.00)
Tel: +998 (93) 338 51 16
Fax: (0366) 233 28 17
E-mail: marketing@sammu.uz
Manzil: Samarqand shahar, Amir Temur ko‘chasi 18 uy

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO'LIMI


  Samarqand davlat tibbiyot universitetining mustaqil tuzilmasi bo‘lib, bevosita institut rektoriga bo‘ysinadi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan “Marketing xizmati bo‘limi” tashkillashtirilgan.
  “Marketing xizmati bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-maydagi 2859-3-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini “ Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi” departamentiga o‘zgartirildi.
  Marketing va talabalar amaliyoti bo'limining faoliyati “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi. Bu oliy tibbiy ta’limning ko‘p bosqichlardan iborat tarkibining bir qismi bo‘lib, uning vazifasi Sog‘liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.


BO'LIM TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot universitetida Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi (Marketing xizmati bo‘limi) 1998-yilda tashkil etilgan va shu shu davr mobaynida quyidagilar marketing boshlig‘i lavozimida ishlab kelganlar:

1998-2005 yillar E.S.Tairov
2005-2005 yillar X.M.Malikulov
2005-2008-yillar B.S.Abdullayev
2008-2010-yillar F.S.Oripov
2010-2013-yillar X.M.Raximova
2013-2016-yillar B.S.Abdullayev
2016-2020-yillar X.M.Raximova
2020-2020-yillar A.X.Ismatov
2020-2022-yillar B.A.Yo'ldoshev

2020-2023-yillar Z.T.Uralova

2023-x.v. gacha A.R.Erkayev

  2023- yil mart oyidan boshlab Erkayev Akbar Ro`zimurodovich Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi (Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi) boshlig‘i etib tayinlandi.


BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI


  Bozor talabiga binoan o‘qitish va ta’lim berish bakalavriat, magisratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarini kelgusida ishga joylashishga tayyorlaydi.
  Sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy soxalarda yangi ish o‘rinlari (bo‘sh ish o‘rinlarini) shakllantirish va ish beruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratadi.
  Bitiruvchilarning mavjudligi to‘g‘risida buyurtmalar portfelini shakllantirish, ishga olish uchun shartnomalar tuzadi va tayyorlaydi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlaydi va ularning monitoringini olib boradi, ular bilan o`zviy aloqada bo`ladi.
  SamDTU bakalavr, magistr va klinik ordinatura dasturlarida o‘qish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotni tarqatadi, talabalar bilan shartnomalarni tuzadi va ularga tushuntirish ishlarini olib boradi. Amaliyotni o‘tkazish maqsadida, yetakchi tibbiy klinikalarning ma’lumotlar bazalarini yaratadi va shartnomalar tuzadi.


 BO'LIM XODIMLARI


Abduraxmonova H. – Bosh mutaxasis.

Abduraxmonova H. – Bosh mutaxasis.

Shamsiddinov T.S. – Bosh mutaxasis

Raximov R.A. – Marketolog