1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, shuningdek davlat buyurtmachilarining xo‘jalik faoliyatini ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etiladi....
№ 4969755 № 7963264 № 7929666 № 9544090 № 9545213 № 9572411 № 4954425 № 4962564