×
Menu
Close Menu

Talabalar bilan ma'rifat darsi o'tkazildi

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ijtimoy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan talabalarga “Ma’rifat darsi” o‘tildi. Darsda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor A.Maxmudova, kafedra o'qituvchisi (PhD) G.Tursunova, kafedra dotsenti (PhD) L.R.Usmonova, kafedra katta o‘qituvchisi Xamida Abdumajidova, universitet korrupsiyaga qarshi kurahish bo'limi rahbari L.Xudoyarov hamda universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratovlar ishtirok etdi.

    Ma’rifat darsi davomida talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar, hafta ichida ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar haqida ma’lumot berilib, mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

    Shuningdek, dars davomida talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini oldini olish hamda ichki tartib-qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


SamDTU Matbuot xizmati