Ilm beshigi tug‘ilgan shaharda tahsil olish katta baxt. Universitetimizda talabalar uchun barcha sharoit yaratilgan. Darslar kredit-modul tizimida olib borilishi qulay. Ular bizga juda yaxshi munosabatda bo'lishadi, O'zbekiston juda mehmondo'st! Xalqimizning ayrim urf-odatlari o‘xshash. Darsdan keyin biz shahar bo'ylab sayr qilamiz va o'zimizni rivojlantirish bilan shug'ullanamiz. Bir so'z bilan aytganda, Samarqandda yashab, o'qish rohat.
O‘zbekiston buyuk insonlar vatani. Birgina Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi yutuqlari bilan butun dunyoga mashhur. Shunday ulug‘ zot tug‘ilib, yashab o‘tgan yurtda tahsil olayotganimizdan faxrlanamiz. Bizga Samarqandning ob-havosi juda yoqadi. Bu shaharning suvi g'ayrioddiy, juda mazali, odamlari mehribon va juda samimiy. Rektor bizga g‘amxo‘rlik qiladi, bizni tez-tez ko‘radi, qanday yashayotganimizni, o‘qishimizni bizdan o‘rganadi. Men ishonamanki, tez orada Samarqandda butun dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar ko‘payadi.