×
Menu
Close Menu

Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi direktori Aliyev Mansur Abduxoliqovich


Qabul vaqti: Xaftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari 10:00-17:00 gacha
Tel: +998 (61) 523 06 20
Fax:
E-mail: dr.mansoor1982@mail.ru
Manzil: Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Po'latdarxon MFY.

TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi (keyingi o'rinlarda Markaz) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 01 apreldagi PQ-188-sonli qarori asosida tashkil qilingan. Xozirgi kunda Markaz ustavi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Markaz belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Markaz tuzilmasi shakllantirildi va tasdiqlandi. Markaz tuzilmasi asosiy oltita ilmiy-tadkikot, yettita davolash ishlarini olib boruvchi va bir kancha yordamchi bo'linmalarni o'z ichiga oladi. Markaz manzili … (Nizom va tuzilma)


Markazda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash faoliyati


  Xozirgi kunda Markazda 3 nafar fan doktori, 1 nafar tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) va 7 nafar neyroxirurg shifokorlar samarali faoliyat kursatib kelmokda. Markazning ilmiy salohiyatini oshirish uchun falsafa doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Turkiya kabi davlatlarning yetakchi ITM va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligi yo'lga qo'yilgan.


Markazning nashr qilish faoliyati


  Publikatsion faollik ilmiy faoliyat samaradorligini belgilovchi eng muhim ko'rsatkichdir. Markaz faoliyati davrida ilmiy xodimlar tomonidan 6 ta monografiyalar, 3 ta o'quv qo'llanma, 10 dan ortiq uslubiy ko'rsatmalar nashr qilingan, makolalari nufuzli jurnallarda chop etilib kelinmoqda. Oxirgi 2 yil davomida 10 dan ortiq Web of Science hamda Scopus ma'lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar OAK e'tirof etgan jurnallarda chop etildi.


Markazda xalqaro xamkorlik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish faoliyati


  Xozirgi kunda Markaz bir kator xorijiy tashkilotlar bilan mustaxkam xamkorlik kilmokda. Markaz ilmiy-tadqiqot ishlariga respublika va xorijiy etakchi oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari faol jalb etilmokda. Rossiya, Turkiya, Yaponiya universitetlari olimlari bilan «Epilepsiya xirurgiyasi va funksional neyroxirurgiyani rifojlantirish», «Endovaskulyar neyroxirurgiyani rifojlantirish» mavzularida qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.


Markaz xodimlarining ilmiy anjumanlarda ishtirok etish faoliyati


  Ilmiy xodimlarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtiroki ta'minlanmokda. Markaz xodimlari domiy ravishda uz ma'ruzalari bilan xorijiy davlatlardagi (Rossiya, Turkiya, Germaniya, Amerika Kushma Shtatlari) yirik nufuzli ilmiy anjumanlarida ishtiroki ta'minlanmokda.


Markazning davolash va profilaktika ishlaridagi faoliyati


  Markazda immun tizimga boglik kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari ishlab chikilmokda va amaliyotga joriy etish buyicha keng kullamli ishlar olib borilmokda. Markaz xodimlari Samarkand viloyati va respublika mintaqalariga borgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi. Rossiya va Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida Mamalakatimizda ilk bor “Epilepsiya xirurgiyasi” va “Parkinson xirurgiyasi” yoʻlga qoʻyildi.


Markazning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi


  1. Markazda neyroxirurgiya va neyroreabilitasiyaning turli sohalari boʻyicha zamonaviy faoliyatni amalga oshira oluvchi etakchi mutaxassis-kadrlardan iborat jamoa shakllantirish;

  1.1. Sohaning neyroonkologiya, neyrotravmatologiya, vertebrospinal xirurgiya, funksional neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, angioneyroxirurgiya, radioneyroxirurgiya va neyroradiologiya, neyroreanimasiya va anesteziologiya, neyroreabilitasiya yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar Samarqand davlat tibbiyot universitetining neyroxirurgiya, nevrologiya, reanimatologiya va anesteziologiya, sport tibbiyoti, nurli diagnostika va nur terapiyasi kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar, bakalavriat talabalaridan, hamda Samarqand viloyatidagi mavjud neyroxirurgiya, neyroreabilitasiya muassasalari etakchi xodimlari orasidan tanlab olib shakllantiriladi.

  1.2. Yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash Respublikadagi va Xorijdagi etakchi markazlarda maqsadli stajirovka oʻtish, malaka oshirish, mutaxassislikka oʻqish, qayta tayyorlash orqali amalga oshiriladi.

  1.3. Har bir yoʻnalish boʻyicha tayyorlanishi zarur boʻlgan mutaxassisning shaxsiy ish rejalari va sohani oʻzlashtirish boʻyicha amalga oshiriluvchi chora-tadbirlari yoʻl xaritasi tuziladi va shu reja asosida chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

  2. Markazda neyroxirurgiya va neyroreabilitasiyaning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanuvchi 180 oʻrinli boʻlimlarni va shu yoʻnalishlarga moslashgan operasiya xonalarini jahonning eng zamonaviy apparatlari, asbob-uskunalari hamda moslamalari bilan ta'minlash;

  2.1. Markazda neyroonkologiya, vertebrospinal neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, funksional va epilepsiyalar xirurgiyasi, angioneyroxirurgiya, neyrotravmatologiyaga moslashgan operasiya xonalarini tashkil etish va sohalarga oid jihozlar bilan ta'minlash. Shu jumladan, markazni neyroxirurgik zamonaviy mikroskop, neyroendoskop, neyroekzoskop, binokulyar lupa, trepanasiya qiluvchi uskunalar (elektrotrepan, pnevmotrepan), neyronavigasion tizimlar (spinal, kranial), intraoperasion MRT, MSKT, rentgen apparatlar, ultratovushli aspiratorlar, neyrofiziologiya apparatlari, angiograflar, elektrochastotali ablyasiya qurilmalari, kranial va spinal operasiyalar uchun xirurgik jamlanmalar (makroneyroxirurgik va mikroneyroxirurgik) bilan ta'minlash.

  2.2. Neyroradiologiya blokini tashkil qilish va jihozlash, bunda blokda zamonaviy stereotaksik radioxirurgik qurilmalar, jumladan Gamma-Knife, Cyber-Knife, Novalis apparatlari, PET, MRT, Angiograf, MSKT apparatlari bilan jihozlanishi va mahalliy mutaxassislardan stajirovka va malaka oshirish kurslari orqali mutaxassislar tayyorlash.

  2.3. Neyroreabilitasiya blokini tashkil qilish va jihozlash, jumladan, ushbu blokda bolalarda uchrovchi, travmalardan keyingi, bosh miyada qon aylanish etishmovchiligi oqibatida, yalligʻlanish kasalliklaridan keyingi davrdagi nevrologik etishmovchiliklarning reabilitasiyasini ta'minlovchi uskunalar (ekzoskeletlar, miya-kompyuter interfeysi apparatlari, umurtqa pogʻonasi reabilitasiyasi jihozlari va b.q.) bilan ta'minlash. Ruhiy reabilitasiyani ta'minlovchi psixiatrlar va psixoterapevtlar jamoasini shakllantirish.

  3. Markazda neyroxirurgiya va neyroreabilitasiya sohalaridagi jahonning ilgʻor tajribalari asosida bajariluvchi diagnostika, xirurgik va konservativ davolash hamda reabilitasiya qilish usullarini joriy qilish;

  3.1. Markazga tizimli ravishda xorijiy etakchi ilmiy-amaliy markazlardan oʻz sohasining etakchi mutaxassislarini jalb etib, mahorat darslarini oʻtkazib borish.

  3.2. Markaz mutaxassislarining jahonda oʻtkaziluvchi kongresslar, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etib borishini ta'minlash.

  4. Markazda jahondagi etakchi neyroxirurgik va neyroreabilitasion markazlardagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari andozasidagi neyroanatomiya, nevrologik fanlar, neyroonkologiya, patologik anatomiya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil qilish;

  4.1. Laboratoriyalar ishini va maqsadli yoʻnalishlarini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi aholisida uchrovchi neyroxirurgik va nevrologik kasalliklar uchun xos boʻlgan xususiyatlarni va jahonda olib borilayotgan eng dolzarb, ilgʻor texnologiyali yoʻnalishlarni belgilab olish.