×
Menu
Close Menu

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Xo’jamurodov G’ofur Jo’raqulovich

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel:

+998 (97) 911 40 74

E-mail: sam.sttk-100@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Alpomish ko’ch., 11-uy

TARIXI


  1920 yil Samarqand shaxrida “Akusherlar maktabi” nomi bilan tashkil etilgan bilim yurti 1998 yil 29 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 372-sonli buyrug’iga asosan Samarqand tayanch tibbiyot kollejiga aylantirilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2005 yil 12 iyuldagi 331-sonli buyrug’i bilan tayanch tibbiyot kolleji maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4666-sonli qaroriga asosan Samarkand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. Manzili: Samarqand viloyat Samarqand shahri Alpomish ko’chasi 11-uy. Loyiha bo’yicha quvvati 1200 o’ringa mo’ljallangan. Hozirgi kunda Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2102 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. 7-yo’nalish faoliyat yuritmoqda Hamshiralik ishi, Feldsher akusherlik ishi yo’nalishi, Farmatsiya, Stomatologiya, Feldsher laborantlik ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Tibbiy ijtimoiy ish yo’nalishlari


MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


  Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida “O’zbek tiliga davlat tili maqomi” berilganligiga 33 yil to’lganligi munosabati bilan “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda texnikum ichki nazorat inspektori N.Ismailova O’zbek tili tarixiga alohida to’xtatib: Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratganning insonlarga bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o‘z ona tilidir.

“Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” mavzusidagi davra suhbatidan foto lavhalar



O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI


  O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat ta`lim standarti;

– Namunaviy o’quv dasturi;

– Ishchi o’quv dasturi;

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, bir necha Wi-fi zoanalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga asosan barcha yo’nalishlar uchun O’quv materiallari to’plami mavjud.

  Texnikum kutubxonasi:

  Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 403 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.


TALABALAR UCHUN SEMULIYATSION O’QUV XONALARI TASHKIL QILINGAN: