×
Menu
Close Menu

O‘quv-uslubiy boshqarma

Tastanova Gulchexra Eshtaevna

O'quv boʻlimi boshligʻi

Qabul vaqti: Dushanba-juma 14:00-16:00
Tel: (0366)233-36-79
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: uquv.bulim@mail.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida oʼquv jarayoni Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan hamda “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qiladi.

  Hozirgi paytda universitetda 10 ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 11168  ta talaba, 24 ta mutaxassislik bo‘yicha 122 ta magistratura rezidentlari, 56 ta mutaxassislik bo‘yicha 706 ta dan ortiq klinik ordinatorlar, 7 ta mutaxassislik bo’yicha 24 tadan ortiq internalar tahsil olmoqda. 

  2020 – 2021 o‘quv yilidin boshlab Privoljsk tibbiy tadqiqot universiteti, I.Ya.Gorbachovskiy nomidagi Ternopol milliy tibbiyot universiteti, I.N.Ulyanova nomidagi Chuvash davlat universiteti bilan qo‘shma fakultet o‘z faoliyatini boshladi, bu yerda 6 ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 300 tadan ortiq talaba tahsil olmoqda. 2021-2022 o‘quv yilida "Farmatsiya" yo‘nalishi bo‘yicha Saratov davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma o‘quv dasturi boshlandi va shu asosida 20 ta talaba qabul qilindi.

  2023-2024 o’quv yilidan boshlab Boltiq federal universiteti, Oltoy davlat tibbiyot universiteti, Slubsk davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma fakultet o‘z faoliyatini boshladi, bu yerda 3 ta bakalavr yo’nalishi bo’yicha 50 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. 

  Universitetning 9 ta fakulteti va 86 ta kafedrasida 648 ta pedagog: 79 ta tibbiyot fanlari doktori (ulardan 58 tasi professor), 307 ta tibbiyot fanlari nomzodi (ulardan 152 tasi dosent), 37 ta katta o‘qituvchi o‘quv – uslubiy faoliyat olib bormoqda.


OʼQUV-USLUBIY BOSHQARMA MAJBURIYATLARI VA FUNKTSIYALAR:


  Oʼquv-uslubiy boʼlim Samarqand davlat tibbiyot universitetining tarkibiy boʼlinmalardan boʼlib, uning asosiy vazifalari universitetdagi oʼquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish xisoblanadi.

Аsosiy funktsiyalari:

  • 1-6 kurs talabalari uchun oʼquv mashgʼulotlari jadvalini tuzish, oʼquv jarayonining xulosaviy jadvali, imtihon mashgʼulotlari jadvalini tekshirish;
  • oʼquv yili uchun talabalar, oʼquv guruhlari va oqimlar sonini hisoblash;
  • oliy tibbiy taʼlim mutaxassisliklari oʼquv dasturlarini tayyorlash;
  • oʼquv yili uchun kafedra professor-oʼqituvchilarining oʼquv va boshqa ish turlari hajmini hisoblash va muvofiqlashtirish;
  • studentlar intizomini nazorat qilish;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan davlat attestatsiya komissiya raislarini muvofiqlashtirish;
  • soatbay ish haqi stavkalari boʼyicha shartnoma shartlari boʼyicha oʼquv ishlarini bajarish uchun hujjatlarni tekshirish, tasdiqlash va farmoyishlar tayyorlash, uning bajarilishini nazorat qilish;
  • Studentlarning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan koʼchirish va qayta tiklash boʼyicha murojaat qilgan fuqarolarga tegishli maslahatlar berish;
  • oliy taʼlim muassasalarining oʼquv dasturlaridagi ilmiy farqlarni hisoblash .

O'quv-uslubiy bo'lim xodimlari