×
Menu
Close Menu

Payariq tibbiyot kolleji


Payazov Sherali Nematovich

Payariq tibbiyot kolleji direktori

Qabul vaqti: Shanba - Payshanba: 14:00 - 17:00
Tel:

+998 (66) 425 26 55

E-mail: uzpaytibkol@mail.ru,
Manzil: Samarqand viloyati, Payariq shahri, Samarqand ko‘chasi 42-uy

TARIXI


  Payariq tibbiyot kolleji 2007 yil M.V.Lamonosov nomidagi rus tilini chuqur o‘rgatishga moslashtirilgan mahsus internat-maktabi bazasida qayta rekonstruksiya qilish yo‘li bilan tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Payariq tibbiyot kolleji maqomi bilan qayta tashkil qilindi. Kollej manzili Payariq shahri Samarqand ko‘chasi 42-uy. Egalik huquqini beradigan kadastr xujjatlari mavjud. Payarik tibbiyot kollejida 5 ta bino va 3 ta o‘quv korpuslari mavjud, ta’lim muassasasi 735 loyixa quvvatiga ega, hozirda foydalanish holati yaxshi, nazariy va amaliy o‘quv xonalari soni 38 tani tashkil etadi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI


  Kollejning asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) bo’lishni, sog’lom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni kollejning ommaviy - madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kollejda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular o’z faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, turli xil fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport to‘garaklari tashkil etilgan.


O’QUV VA O’QUV-METODIK ISHLARI


  Kollejda o’qitishda har bir kurs va yo‘nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha jarayonlar olib boriladi:

  • Davlat ta'lim standarti;
  • Namunaviy o’quv dasturi;
  • Ishchi o’quv dasturi;
  • Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  Kollejda 3 ta “Mutaxassislik fanlar”kafedra mudiri bosh o‘qituvchi toifasiga ega, Mutaxassislik fanlar-1 kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi toifasiga egava “Umumkasbiy fanlar ” kafedrasi kafedra mudiri katta o‘qituvchi toifasiga egao‘qituvchilar faoliyat olib baryapti.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetibilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki taminlangan va ularda yaxshi natijalarga erishilgan.

  Kollejda AKT ni qo‘llagan holda zamonaviy o‘qitish usullaridan foydlanishda 6 ta xonaga televizor 9 tao‘quv xonalaridakompyuterlar mavjud bo‘lib va 2 ta kompyuter sinf xonasi tashkil qilingan, unda 30 ta kompyuterlar bilan jixozlangan ularning barchasi shisha tolaliinternet tarmog‘iga ulangan. Bu AKT jixozlaridan dars jarayonlarida va o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida muntazam foydalanadilar. O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Kollejda telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan o’qitish materiallar to‘plamlaridagi visual didaktik materiallar uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kollejning ARM kutubxonasi ham 6 ta kompyuterlar bilan jixozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Bu kompyuterlar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining virtual kutubxonasiga ulangan. Bulardan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz doimiy ravshda foydalanadilar.


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Kollejda ilmiy saloxiyatini yaxshilash maqsadida ilmiy kengash tashkil qilingan. O‘quvchi va o‘qituvchilarni uztoz-shogirt an’anasi bo‘yicha biriktirilgan. Bu kengashda turli xil tadbirlar tashkil qilingan. Xozirgi kunda kollejimiz o‘quvchilari tuman, viloyatdagi turli musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda.”Zakovat ”musobaqalarida kollejimiz jamoasi viloyatda birinchi o‘rinni egalladi. Kollejning 2 nafar faol o‘quvchisi Samarqand tibbiyot universitetida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etib diplom bilan taqdirlangan va SamDTU ning “Rektor stependiyasi“ soxibi bo‘lib stependiya olmoqda.

  Kollejda Samarqand tibbiyot universiteti dildn hamkorlikda ilmiy –amaliy ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish samarali natijalar bermoqda, jumladan Savarqand tibbiyot Yniversiteti da o‘tkaxilgan 2022 yil 20-21 may kunlari o‘tkazilgan “Fundamental,amaliy tibbiyot va farmatsevtika yutuqlari ” mavzusidagi 76-halqaro ilmiy –amaliy konferensiyada faol qatnashib yaxshi natijalarga erishdilar.