×
Menu
Close Menu

​“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik tanlovining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi

  Joriy yilning 8-aprel kukni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tarixiy tafakkur va qadriyatlarimizga hurmat ruhini oshirishga maqsadida tashkil etilayotgan “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik tanlovining 3-mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.

  Tanlovda jamoalar nizomda belgilangan shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Chiqishlar hakamlar hay’ati tomonidan shaffoflik bilan baholab borildi.

  Yakuniy natijalarga ko‘ra:

  3-o‘rin Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasiga;
  2-o‘rin Qashqadaryo viloyati Xalqaro innovatsion universiteti jamoasiga nasib etgan bo‘lsa,
  hakamlar qaroriga ko‘ra Toshkent yuridik universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoalari bir xil natija qayd etib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.















SamDTU Matbuot xizmati