Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

Tangirov Eldor Sayfullaevich

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor


Qabul vaqti: Juma kuni 14:00 dan 17:00 gacha
Tel: +998662330976
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: e.tangirov@inbox.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

    Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maʼnaviyat va maʼrifatni rivojlantirish mamlakatdagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Taʼlimni takomillashtirish sohasidagi islohotlardan biri barkamol avlodni har jihatdan tarbiyalash, ularni vatanparvarlik va mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruqida tarbiyalash maqsadida barcha oliy oʻquv yurtlarining “Maʼnaviyat va Maʼrifat” markazlari hamda tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimi tashkil etildi.


O‘TGAN YILLAR DAVOMIDA INSTITUTDA YOSHLAR TARBIYASI, MA’NAVIYAT VA MARIFAT ISHLARI BO‘YICHA ISHLAB KELGAN PROREKTORLAR:


prof. Q.A. Asqarov 1992-1995 yy.,

prof. D.R.Qo‘ldashev 1995-1991 yy.,

dots. B.T.Tilavov 1996-1998 yy.,

dots .U.B.Samiev 1998-2004 yy.,

prof. N.M.SHavazi 2005-2014 yy. ,

dots .A.M.Isakov 2014-2020 yy.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor” lavozimi joriy etildi.

    Universitetdagi oʻquv va tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorning asosiy vazifalari maʼnaviy-maʼrifiy tizimga rahbarlik qilish, ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, ilgʻor tajribalardan foydalangan holda zarur ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish, barcha sohalardagi xodimlarni oʻqitishni tashkil etish, turli toʻgaraklar, sport va jamoat klublari uchrashuvlar tashkil qilish, talabalarga hurmatni keng tushuntirish, umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy anʼanalari, Vatanga sevgi, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, maʼnaviy sohalarda yutuqlarga erishish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, yangi zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni shakllantirish, oʻz vataniga sadoqatli, maʼnan va jismoniy barkamol yoshlarini tarbiyalashdan iborat.

    Universitetda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishda jamoat tashkilotlari alohida oʻrin tutadi. Jamoat tashkilotlarini talablar bilan olib boradigan faoliyati universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. Bugungi kunda universitetda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlangʻich tashkiloti, universitet xotin-qizlar maslahatchisi, bosh murabbiy, psixolog, talabalar turar joylari pedagog tarbiyachilari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.


YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA PROREKTORNING ASOSIY MAQSAD VAZIFASI:


    Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;

    Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashishni taʼminlash;

    Vazirliklar va yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʻrsatlamalari, universitet Ilmiy kengashi qarorlari hamda universitetning maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish;

    Davlat taʼlim standartlari asosida maʼnaviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;

    Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʻqituvchilarning toʻliq bilishini taʼminlash;

    Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va koʻrsatmalarini, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiya jarayonlariga oid masalalar boʻyicha universitet Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

    Ilgʻor mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa taʼlimga oid qonunlar koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;

    Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

    Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy jarayonni taʼminlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

    Boʻlimlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

    professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejasi 5-bandini bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;

    maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi anjumanlar, uchrashuvlar davra suhbatlari va konferensiyalarni tashkil etish,

    Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulugʻbek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayoniga koʻmaklashish;

    Professor-oʻqituvchilar va oʻquv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʻlimlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;

    Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora koʻrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

    Kafedralar, fakultet va boʻlimlarning yillik faoliyati hisobotlarini oʻtkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-oʻqituvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

    Universitetlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

    Universitetni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan oʻtkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish.

    Universitetda har doim yoshlarning jamiyatdagi oʻrnini egallashiga, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiya, giyohvandlik, OITS, terrorizm, ekstremizm kabi illatlarga karshi kurashish, alkogolizm va boshqa salbiy illatlarni oldini olish.