Joriy yilning 10-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga AQSHning Webster universiteti kansleri Tim Kin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Jasur Rizayev kutib oldi hamda ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Webter universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari hamda birgalikdagi ta’lim dasturlari muhokama qilinib, kelgusidagi ishlar yuzasidan yo‘l xaritasi belgilab olindi.
Ma'lumot o'rnida: Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning Webster universiteti bilan bir necha yildan beri o‘zaro hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Jumladan, “Tibbiy biologiya” va “Oliy hamshiralik” yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga ko‘maklashish borasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Webster universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolangan.
Hujjatga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan 3+1 shaklidagi “Hamshiralik ishi” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQSHning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
SamDTU Matbuot xizmati