Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi direktori 

Xolmurodova Dilafruz Kuvatovna


Qabul vaqti:  Xaftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari 10:00-17:00 gacha
Tel: +998 (97) 393 01 10
E-mail:
Manzil: Samarqand viloyati Samarqand shahri, Maxdumi A’zam ko‘chasi, 18-uy

TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 01 apreldagi PQ-188-sonli qarori asosida tashkil qilingan. Xozirgi kunda Markaz ustavi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Markaz belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Markaz tuzilmasi shakllantirildi va tasdiqlandi. Markaz tuzilmasi asosiy beshta ilmiy-tadkikot, oltita davolash ishlarini olib boruvchi va bir kancha yordamchi boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi. Markaz manzili … (Nizom va tuzilma)


Markazda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash faoliyati


  Xozirgi kunda Markazda 1 fan doktori va 3 fan nomzodlari samarali faoliyat kursatib kelmokda. Markazning ilmiy salohiyatini oshirish uchun falsafa doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) Rossiya, Belorussiya, Janubiy Koreya etakchi ITM va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan. Markaz xodimlari ilmiy rahbarligida 4 nafar tibbiyot fanlari buyicha falsafa doktori (RhD) tayyorlangan.

(toʻliq ismi, Mavzu, Ixtisoslik Shifri, Nomi)

Sultonov Ilhomjon

Romatoid artritda asosiy terapevtik vositalarga farmakologik javobning genetik ko'rsatkichlari

14.00.36 – Allergologiya va immunologiya

Qodirov Avaz

Diffuz toksik guatrni davolash taktikasini tanlashda gen polimorfizmining ahamiyati

14.00.36 - Allergologiya va immunologiya


Markazning nashr qilish faoliyati


  Publikasion faollik ilmiy faoliyat samaradorligini belgilovchi eng muhim koʻrsatkichdir. Markaz faoliyati davrida ilmiy xodimlar tomonidan 4 ta monografiyalar, 1ta darslik 10dan ortiq uslubiy koʻrsatmalar nashr qilingan, makolalari nufuzli jurnallarda chop etilib kelinmoqda. Oxirgi 2 yil davomida 10dan ortiq Web of Science hamda Scopus ma'lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar OAK e'tirof etgan jurnallarda chop etildi. 2ta ixtiroga patentlar olingan.



Markazda xalkaro xamkorlik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish faoliyati


  Xozirgi kunda Markaz bir kator xorijiy tashkilotlar bilan mustaxkam xamkorlik kilmokda. Markaz ilmiy-tadqiqot ishlariga respublika va xorijiy etakchi ITM va oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari faol jalb etilmokda. Rossiya, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Misr universitetlari olimlari bilan «Mezenximal stromal/uzak hujayralari va ularning ekzosomalarini toʻqimalarni qayta tiklashda qoʻllash» va «CAR-T terapiya yordamida saratonning ayrim shakllarini davolash» mavzularida qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.


Markaz xodimlarining ilmiy anjumanlarda ishtirok etish faoliyati


  Ilmiy xodimlarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtiroki ta'minlanmokda. Markaz xodimlari domiy ravishda uz ma'ruzalari bilan xorijiy davlatlardagi (Rossiya, Janubiy Koreya, Amerika Kushma Shtatlari) yirik nufuzli ilmiy anjumanlarida ishtiroki ta'minlanmokda


Markazning davolash va profilaktika ishlaridagi faoliyati


  Markazda immun tizimga boglik kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari ishlab chikilmokda va amaliyotga joriy etish buyicha keng kullamli ishlar olib borilmokda. Markaz xodimlari Samarkand viloyati va respublika mintaqalariga borgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi. 


Markazning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:


  • yuqori malakali va yuqori sifatli hamda hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan yuqori texnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi maktabni shakllantirish;
  • immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda aholining yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.

Markazning asosiy vazifalari bulib hisoblanadi quyidagilar:


  • aholiga immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, bunda Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi "Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5199-sonli qarorida belgilangan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot ilmiy-amaliy markazlarining faoliyatini yuritish tartibi va moliyalashtirish mexanizmi asosida faoliyat yuritadi;
  • mavjud tibbiyot texnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borilishini va modernizasiya qilinishini ta'minlash, Markazni immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
  • Markaz faoliyatini ta'minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish boʻyicha menejment hamda marketing ishlarini tashkil etish;
  • Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot ta'limi muassasalarida va klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
  • immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va kasalliklarni davolash boʻyicha oʻz ilgʻor usullarini va texnologiyalarini ishlab chiqishga hamda tibbiy amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarni davolash va ularga tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish hamda ularning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga erishish;
  • immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishdava amalga oshirishda faol ishtirok etish;
  • immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ixtisosliklari boʻyicha xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, axborotlar, shuningdek mutaxassislar keng almashinuvini ta'minlash;
  • hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar oʻtkazishda koʻmaklashish, sayyor konsultasiyalar, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borish.