×
Menu
Close Menu

Reproduktiv salomatlik va uro-nefrologik tadqiqotlar jurnali

Umumiy ma'lumot

  Reproduktiv salomatlik va uro-nefrologik tadqiqotlar jurnali keng qamrovli akusher-ginekologlar, endokrinologlar, genetiklar, androloglar, klinisist-amaliyotchilar, hamda nefrologiya va urologiya mutaxassis-tadqiqotchilari, ilmiy hodimlar, aspirantlar, izlanuvchilar uchun umumiy platformada yuqori sifatli xalqaro taqrizlanuvchi ilmiy-amaliy jurnaldir.
  Jurnal reproduktiv tibbiyot, nefrologiya va urologiya soxasidagi mahalliy va xalqaro yangiliklarni chop ettirishga qaratilgan. Asosiy etibor reproduktiv tibbiyot: bepushtlikni konservativ davolash, qo’shimcha reproduktiv texnologiyalar, reproduktiv jarroxlik, endoskopiya, endokrinologiya, immunologiya, genetika, andrologiya, xomladorlik va to’g’ishning kechishi, reproduksiyaning eksperimental aspektlari, nefrologiya va dializ masalalari soxasidagi original ilmiy tadqiqotlar, tematik adabiyotlar sharhi, klinik kuzatishlar, shuningdek rejalashtirilayotgan va bo’lib o’tgan konferensiyalar to'g’risida axborotlar chop etishga qaratilgan.
  Jurnalda mamlakatimiz va xorijlik yetuk olimlar, shuningdekyosh mutaxassis va amaliyot shifokorlar ishlarini chop ettirish imkonini yaratib beradi.