×
Menu
Close Menu

Cookie-fayllardan foydalanish siyosati

Cookie haqida ma'lumot

  Cookie-fayllarning dastlabki maqsadi foydalanuvchiga tanlangan xizmatlarga tezroq kirish imkoniyatini berishdir. Siz o‘z qurilmangiz orqali istalgan saytga kirganingizda, sizning kompyuteringiz, noutbukingiz, planshetingiz yoki smartfoningizga uning veb-serveridagi ma’lumotlar yuklab olinadi. Shular «kuki» (yoki cookies) deb ataladi.

  «Cookie»lar foydalanuvchining o‘sha sayt bilan bog‘liq sozlamalari va uning qaysi sahifalariga ko‘proq kirishi haqidagi ma’lumotlarni, avtorizatsiya va boshqa statistik axborotlarni o‘zida saqlaydi. Masalan, server sizni aynan cookies-fayllar sababli eslab qoladi va keyingi gal kirganingizda login-parol so‘rab o‘tirmaydi. Deylik, hattoki internet-do‘konda akkauntingiz bo‘lmasa-da, unda savatchaga solib qo‘ygan tovarlaringiz keyingi kirganingizda yo‘qolib qolmaganini ko‘rasiz. Aytganimizdik Cookie yangilanishi va olinishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni saqlash uchun foydalanuvchining qurilmasiga yuklanadigan fayl bo'lib, ba'zida foydalanuvchi uchun ayrim xavflar ham tug‘dirishi mumkin.


*.sammu.uz qaysi cookie fayllaridan foydalanadi?

  sammu.uz hamda sammu.uz negizida faoliyat yuritayotgan (mt.sammu.uz, e-library.sammu.uz, interactive.sammu.uz) saytlari cookie fayllari orqali ma'lumotlarni yig'ish va saqlash ishlarini amalga oshirmaydi (sayt loglari bundan mustasno). Faqat tizimlarga tezroq va oson kirish uchun brauzer cookie fayllaridan foydalanadi.