Samarqand davlat tibbiyot universitetida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining koperatsiya aloqalarni kengaytirishga bag‘ishlangan "Ibn Sino merosi" ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Samarqand viloyat hokimligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Samarqand viloyati savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Ibragimov Nozir Aliyevich va Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Rizayev Jasur Alimdjanovich so‘zga chiqib, ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda, dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlarining ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Ko‘rgazmada Farmatsiya fakulteti professor-o‘qituvchilarining yangi ilmiy innovatsion loyihalari namoyish etildi. Ayniqsa, Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasining 7 turdagi dorivor o‘simliklarning dastlabki ishlab chiqarilgan mahsulotlari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘rgazma doirasida mavzuga bag‘ishlangan seminar tashkil etilib, ma’ruzachilar tomonidan sohaga doir amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar, kamchiliklar va yangiliklar muhokama qilindi.
SamDTU Matbuot xizmati