Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda MEROS PHARM kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida universitetning bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalar uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilingan edi.
Joriy yilning 26-mart kuni navbatdagi universitet ilmiy kengashi doirasida MEROS PHARM stipendiyasi tanlovida g‘olib bo‘lgan 15 nafar stipendiantlarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
SamDTU Matbuot xizmati