×
Menu
Close Menu

​Samarqand shahridagi oilaviy poliklinikalarda tibbiy ko‘riklar tashkil etildi

  Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada takomillashtirish hamda aholining tibbiy madaniyatini shakllantirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatning chekka tumanlari va Samarqand shahridagi oilaviy shifokorlik punktlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 29-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh tomonidan Samarqand shahridagi 1- hamda 8-oilaviy shifokorlik punktlarida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali nevrolog, ginekolog, oftalmolog, otorinolaringolog, stomatolog, pediatr, kardiolog va boshqa mutaxassislari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorlarga kerakli tavsiya va yo‘llanmalar taqdim etildi. Shuningdek, aholi bilan sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli ishlar nafaqat Samarqand viloyati, balki, Respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi salomatligini yaxshilash va tibbiy xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


SamDTU Matbuot xizmati