×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti yuridik xizmati

Olim Tursunov Gadayevich


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 1500-1700
Tel: +998 (66)233-04-44
Manzil: Samarqand, Amir Temur ko'chasi, 18-uy

Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari

  • SamDTU yuridik xizmati – universitet faoliyatini huquqiy ta'minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me'yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim bo‘lib, SamDTUda ushbu xizmat 2 shtat – huquqshunoslik lavozimidan iborat.
  • Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, universitet rektorining 2022-yil 29-apreldagi 240/AF-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat tibbiyot universitetining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;
  • Universitetning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;
  • SamDTU tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ–huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • Universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • SamDTU xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • Shartnomaviy–huquqiy va talabnoma–da'vo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash.

  Hozirda universitet yuriskonsulti O.G. Tursunov (ushbu lavozimda 2017-yil 29-maydan) O.G. Tursunov 2018-yil iyun oyida Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirish kursini tugatgan (2018-yil 22 iyundagi 30-01-761 sonli sertifikat).

  2018-yil 4-avgustda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasidan attestasiyadan o‘tgan (YuK seriyali 003412-sonli attestasiyadan o‘tish guvohnomasi).

  2020 yil 21 oktabrda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasidan attestasiyadan o‘tib (SA 000447-sonli litsenziya), 2021 yil 11 yanvardan 11-shartnomaga muvofiq, 2021 yil 17 noyabrda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasidan attestasiyadan o‘tib (SA 000517-sonli litsenziya) SamDTUda 2023 yil 4 yanvardagi 17-sonli shartnomaga muvofiq huquqshunos vazifasida ishlab kelmoqda.