×
Menu
Close Menu

Rejalashtirish va moliya bo'limi boshlig'i

Ganiyev Utkir Gulomiddinovich

Reja-moliya bo'limi boshlig’i


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: +998 (66) 233 27 50
Fax: (0366) 233 71 75
E-mail: rejalashtirish@sammu.uz
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur k.,18 uy

Reja-moliya bo’limi


  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining moliyaviy, byudjet hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi qarorlarini universitetda amalga oshirish, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori va boshqa moliyaviy sohaga oid qonun va yo’riqnomalarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirilishini ta’minlash, universitetning moliyaviy davr uchun xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy ko’rsatgichlarini tahlil qilish va moliyaviy sohaga tegishli boshqa tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.


Boshqaruvning maqsadlari va funksiyalari


  Rejalashtirish va moliya bo'limining asosiy maqsadi universitet faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va moliyalashtirishdir. Joriy va kelgusi rejalar O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining iqtisodiy boshqarmasi, Sog'liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqalarning tamoyillariga asoslanadi.

Reja-moliya bo’limi boshlig’ining lavozim vazifalari

  Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

  Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

  Bo’lim maqsadidan kelib chiqib universitetda mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

  O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirliklarining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xatlar, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlar bilan birgalikda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

  Yangi moliyaviy yil uchun xarajatlar smetalari loyihalarini tuzish;

  Ish haqi, stipendiya va boshqa ish haqiga tenglashtirilgan to’lovlarni tahlil qilib borish;

  Shtat normativlari asosida universitet tuzilmasini ishlab chiqish;

  Ma'muriy va boshqaruv, iqtisodiy, o'quv va o'qituvchilar tarkibini kadrlar bilan ta'minlash, tariflashtirishni amalga oshirish;

  Universitetning barcha sohalarida moliyaviy ahvolning iqtisodiy tahlilini olib borish;

  Qo'shimcha ta'lim xizmatlari narxini hisoblab chiqish;

  Xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan 4-guruh boshqa xarajatlar bo’yicha to’lovlarning amalga oshirilishi va maqsadliligini tahlil qilib borish;

  Moddiy rag’batlantirish fondi mablag’larini taqsimlanishi buyicha loyihalar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;

  Fakultet yuklamasini aniqlash uchun kafedralarda soatlarni taqsimlanishini tahlil qilib borish;

  Buxgalteriya bo'limi va universitetning boshqa bo'limlari bilan muassasaga ajratilgan mablag'lardan to'g'ri va samarali foydalanilishini ta'minlash uchun o'zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish;

  Rektorning buyruqlari, universitet Kengashi qarorlarini o’z muddatlarida bajarish;