Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, jadidlarimizning badiiy asarlari roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodi va faoliyatini o‘rganish, shuningdek, uning ibratli hayoti yo‘li bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-bosqich talaba-yoshlari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – jadidlarimizdan biri bo‘lgan Behbudiy bobomizning faoliyatini o‘rganish, uning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishish, katta tajriba va mahorat maktabi sifatida ko‘rish, bizga meros bo‘lib qoldirgan asarlari va g‘oyalari ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligini chuqurroq o‘rganishdan iborat bo‘lib, talabalar tomonidan yozilgan ijodiy insholar bahlandi. Yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi bosqichga yo‘l oldilar.
SamDTU Matbuot xizmati