×
Menu
Close Menu

​Germaniyalik mutaxassislar bilan 3P tibbiyotni rivojlanjtirish masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 19-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Germaniyaning Bonn universiteti professori, dunyodagi birinchi 3P-tibbiyot (profilaktik, moslashtirilgan, aniq) assotsiatsiyasi (EPMA) prezidenti Olga Golubnichaya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida o‘zaro uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda Germaniyaning Bonn universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda 3P tibbiyot sohasidagi nashriyot faoliyatini rivojlantirish, Samarqand davlat tibbiyot universitetini O‘zbekiston va Markaziy Osiyo aholisiga 3P tibbiyot bo‘yicha innovatsion xizmatlar ko‘rsatadigan xalqaro tarmoqqa qo‘shish shuningdek, kelgusida  Samarqandda “EPMA WORLD CONGRESS 2027”ni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

  Ikkala tomon ham o‘zaro hamkorlik istiqboliga umid bog‘lab, birgalikdagi ishlar O‘zbekistonda jahon tajribasini joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishini ta’kidladilar.

SamDTU Matbuot xizmati