×
Menu
Close Menu

SamDTU huzuridagi l.M. Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti direktori Maxmudova Lola Baxranovna.


Qabul vaqti: Chorshanba va juma kunlari 9:00-11:00 gacha
Tel: +998 (90) 742 49 59
E-mail: lolabm@mail.ru
Manzil: Samarqand tumani Xoʻja Axror Vali koʻchasi 2 uy.

TARIXI


  Institutning tashkil etilishi Leonid Mixaylovich Isaev nomi bilan bogʻliq. 1923 yilda uning tashabbusi bilan Buxoro tropik instituti tashkil etildi.

  Institut tashkil etilgan paytdan boshlab qirq yil davomida taniqli olim, SSSR Davlat mukofoti lauryaati, professor Leonid Mixaylovich Isaev (1886 - 1964) rahbarlik qildi, uning nomi 1967 yilda institutga berilgan.

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 apreldagi “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-188-sonli qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining L.M. Isaev nomidagi filiali va uning klinikasi negizida Universitet huzuridagi L.M. Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti qayta tashkil qilindi. Bugungi kunda institutning ustavi ishlab chiqilgan.


Institutda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash faoliyati


  Institut Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xususan, Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti xuzuridagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti ilmiy kengashida tasdiqlangan 25.07.2022 yil № 529069 sonli nizomga asosan faoliyat olib boradi.

  Institut quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib boradi: Gelmintlar, sodda hayvonlar, entomologiya, teri va visseral leyshmaniozi, bezgak va kabi kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish, aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishdan iborat.

  Bundan tashqari parazitlarni tashxislashning zamonaviy va samarali usullarini yaratish, davolash mexanizmlarini takomillashtirish, parazitlarni molekulyar darajada taxlil qilish orqali genotiplarini aniqlash, transmissiv kasalliklarni tashuvchi hashoratlarning epidemiologiyasini tekshirish kabi tadqiqotlar qilinadi. Institut 4 boʻlimdan iborat: Tibbiy gelmintologiya boʻlimi, Tibbiy entomologiya boʻlimi, Odam protozoa kasalliklari boʻlimi, Molekulyar biologik tashxislash boʻlimi. Institut Isaev koʻchasi 38 uyda joylashgan.

  Institutda ilmiy darajaga ega xodimlar mavjud boʻlib, ular mutaxassislik boʻyicha kursantlarga dars berib kelmoqdalar. Institutda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv kurslari mavjud:

  1.  Parazitar kasalliklar” mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi. (oʻqish muddati – 72 soat)
  2. “Parazitar kasalliklar” mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi, oʻqish muddati – 144 soat)
  3. “Transmissiv kasallik tashuvchi  boʻgʻim oyoqlilar va  ularni  aniqlashni zamonoviy usullari” mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi (vrach - parazitolog,  laborant va entomologlar  uchun), (oʻqish muddati – 72 soat)
  4. “Transmissiv kasallik tashuvchi  boʻgʻim oyoqlilar va  ularni  aniqlashni zamonoviy usullari” mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi , (oʻqish muddati – 144 soat)
  5. Tibbiy entomologiya, mavzusida ixtisoslik kursi oʻquv dasturi. (oʻqish muddati – 288 soat)
  6. Tibbiy entomologiya mavzusida ixtisoslik kursi oʻquv dasturi  (oʻqish muddati – 360 soat)
  7. “Transmissiv kasallik tashuvchi boʻgʻim oyoqlilarni aniqlash va farqlashning zamonaviy usullari” mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dastur. (oʻqish muddati – 36 soat)
  8. “Toʻqima parazitlarini zamonaviy tashxislash usullari”  mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi ,(oʻqish muddati – 36 soat)
  9. " Odamlarda uchraydigan parazitar kasalliklarni davolashning yangi usuli" mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi,  (oʻqish muddati – 36 soat)
  10. “Ichak parazitozlari diagnostikasining zamonaviy usullari” mavzusida malaka oshirish kursi oʻquv dasturi ,  (oʻqish muddati – 36 soat)11. PSR usulida tashxislash.

Markazda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash faoliyati


  Xozirgi kunda institutda 3 fan nomzodlari samarali faoliyat koʻrsatib kelmokda. Markazning ilmiy salohiyatini oshirish uchun falsafa doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) Rossiya, Janubiy Koreya etakchi ITM va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan. 1 nafar ilmiy xodim Sankt-Peterburg Agrar universiteti dosenti rahbarligida biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktor (RhD)ligi uchun tadqiqotlar olib bormoqda. Institut xodimlari ilmiy rahbarligida 2 nafar tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (RhD) tayyorlangan.
(FIO, mavzu, ixtisoslik shifri, nomi)

Usarov Gafur Xusanovich

Markaziy va Janubiy Oʻzbekiston moskitlari faunosi va ularning epidemiologik ahamiyatini baxolash

03.00.06 – Zoologiya

Saidova Feruza

«DEFISIT MIKRONUTRIENTOV U DETEY DOShKOLNOGO VOZRASTA S KIShEChNIMI PARAZITOZAMI (diagnostika, nutrisionnoy podderjki i korreksiya)»

14.00.09- «Pediatriya».

Abdullaev Orif Usmonovich

“Ichak protozoalari bilan zararlangan bolalarda klinik-laborator koʻrsatgichlarning prognostik informativligi”

03.00.01-“Biokimyo”


Institutning nashr qilish faoliyati


  Publikasion faollik ilmiy faoliyat samaradorligini belgilovchi eng muhim koʻrsatkichdir. Institut faoliyati davrida ilmiy xodimlar tomonidan 1 ta monografiyalar, 1 ta darslik 20 dan ortiq oʻquv qoʻllanmalar nashr qilingan, makolalari nufuzli jurnallarda chop etilib kelinmoqda. Oxirgi 2 yil davomida 5 ta Web of Science hamda Scopus ma'lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar OAK e'tirof etgan jurnallarda chop etildi. 10 ga yaqin EVM dasturi va 1 ta ixtiroga patentlar olingan.


Institutda xalkaro xamkorlik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish faoliyati


  Xozirgi kunda Institut bir kator xorijiy tashkilotlar bilan mustaxkam xamkorlik kilmokda. Markaz ilmiy-tadqiqot ishlariga respublika va xorijiy etakchi ITM va oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari faol jalb etilmokda. Rossiya, Eron, Janubiy Koreya, Tojikistondagi universitetlar olimlari bilan xamkorlikda ishlar olib borilmoqda.


Institut xodimlarining ilmiy anjumanlarda ishtirok etish faoliyati


  Ilmiy xodimlarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtiroki ta'minlanmokda. Institut xodimlari domiy ravishda uz ma'ruzalari bilan xorijiy davlatlardagi (Rossiya, Tojikiston) yirik nufuzli ilmiy anjumanlarida ishtiroki ta'minlanmokda.

  Joriy yilda Respublikamizda (Buxoro, Xorazm viloyatlarida) tashkil etilgan xalqaro konferensiyalarda ham ishtirok etildi.


Institutda tashkil etilgan konferensiyalar va oʻquv kurslari


  Institutda 20 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ulardan koʻpchiligi fan doktori, tibbiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmasevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ 4310-son va 2020 yil 7 apreldagi “Tibbiy sanitariya soxasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4666 sonli Qarorlari asosida vrach parazitolog, vrach laborantlar, laborantlar, entomologlar bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutida tibbiy parazitologiya va tibbiy entomologiya yoʻnalishlari boʻyicha 36,72 soatli mavzuli, 144 soatli umumiy malaka oshirish, 353, 288 soatli mutaxassislik boʻyicha oʻquv kurslari tashkillashtirildi. Bachadon boʻyni kasalliklarining sitologik diagnostikasi laboratoriyasi tashkil etildi va jixozlandi.

  «Klinik laboratoriya diagnostikasi» mutaxassisligi boʻyicha “Bachadon boʻyni kasalliklarining sitologik diagnostikasi” siklli oʻquv kursi tashkil etildi.

  2023 yil 25 – aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi SamDTU huzuridagi L.M.Isaev nomli Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ITI va Samarqand viloyat SEO va JS boshqarmasi bilan hamkorlikda “Butun Jahon bezgakka qarshi kurash kuni” niga bagʻishlangan “BEZGAK KASALLIKLIGINING EPIDEMIOLOGIYaSI, KLINIKASI, TAShXISOTI, DAVOLANIShI VA OLDINI OLISh ChORA TADBIRLARI” mavzusida ilmiy amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Bezgak kasalligini etiologiyasi, klinikasi, tashxisoti, davolanishi va kasallikning oldini olish chora – tadbirlari toʻgʻrisida ma'ruzalar oʻqildi. Seminar qatnashchilari uchun SamDTU huzuridagi L.M.Isaev nomli Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ITI jamoasi tomonidan maxorat darslari oʻtkazildi. 

  Joriy yilda Institut tashkil etilganligining 100 yilligi nishonladi. 1922-1923 yillarda L.M.Isaev Oʻzbekiston Respublikasida parazitar kasalliklarni oʻrganish boʻyicha ekspedisiya rahbari boʻlib kelgan va L.M.Isaev nomli Tibbiy parazitologiya institutiga asos solgan. Shu munosabat bilan 2023 yil 2-3 iyun kunlari L.M.Isaev nomidagi ilmiy tadqiqot institutining 100 yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Xalqaro konferensiyada butun dunyodan malakali parazitolog olimlar qatnashishdi. Rossiya, Belorussiya, Koreya, Polsha, Qozogʻiston, Tojikiston kabi davlatlardan mexmaonlar tashrif buyurishdi. Bular Belova Larisa Mixaylovna, Tai Sun Yong, Aleksandra Balichka Ramzis, Lukashev Aleksandr Nikolaevich, Nazarova Olga Aleksandrovna, Kaftireva Lidiya Alekseevna, Turisin Vladimir Sergevich, Kozlov Sergey Sergevich, Karpov Igor Aleksandrovich va boshqalar.


Grant loyihalar tayyorlash


  Institut xodimlari tomonidan quyidagi loyihalar tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi Innovasion rivojlanish agentligiga berildi:

  1. Maktab oʻquvchilari va maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida uchrovchi ichak parazitozlarni tur tarkibini aniqlash va oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish
  2. Exinokokkoz kasalligini serologik tashxislash uchun mahalliy antigenlardan foydalanib test-sistema yaratish
  3. Teri leyshmanioziini yangi davolash usulini yaratish.

Loyihalar boʻyicha ilmiy kengashda bir necha marta muxokamalar boʻlib oʻtdi.


Instituning davolash va profilaktika ishlaridagi faoliyati


  Institut qoshida 95 oʻringa moʻljallangan klinika mavjud boʻlib, klinika stasionar boʻlimlar, maslahat-poliklinikasi va yordamchi boʻlinmalardan iborat. Stasionar boʻlimlardagi jami oʻrinlar soni 95 tani tashkil qiladi, shundan oshkozon-ichak kasalliklari boʻlimida 45 ta oʻrin, bolalar boʻlimida 50 ta oʻrinlar mavjud. Klinikaning barcha stasionar boʻlimlarida bemorlarning davolanib chiqishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, boʻlimlarda tozalik yoʻlga qoʻyilgan, xonalar hammasi joriy ta'mirlangan, isitish mavsumlarida xonalar issiq, ovqatlanish joylari kerakli anjomlar bilan jixozlangan, choyshablar toza. Klinikada fitobar tashkil qilingan. Bu holatlar bemorlar tomonidan iliq qabul qilinmoqda. Parhez taomlar 42 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan tayyorlanadi. Oshxona ausorsingga oʻtkazilgan. Barcha asbob-uskunalar bilan toʻliq ta'minlangan. Samarqand sahar Xoʻja Axrori Vali koʻchsi 25 uyda joylashgan.


Institutning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi


  • yuqori malakali va yuqori sifatli hamda hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan yuqori texnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi maktabni shakllantirish;
  • mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda aholining yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.

Institutning asosiy vazifalari quyidagilardir:


  • aholiga mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, bunda Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi "Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5199-sonli qarorida belgilangan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot ilmiy-amaliy markazlarining faoliyatini yuritish tartibi va moliyalashtirish mexanizmi asosida faoliyat yuritadi;
  • mavjud tibbiyot texnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borilishini va modernizasiya qilinishini ta'minlash, Institutni mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
  • Institut faoliyatini ta'minlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish boʻyicha menejment hamda marketing ishlarini tashkil etish;
  • Institut tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy etakchi tibbiyot ta'limi muassasalarida va klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
  • mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va kasalliklarni davolash boʻyicha oʻz ilgʻor usullarini va texnologiyalarini ishlab chiqishga hamda tibbiy amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish; mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha kasalliklarni davolash va ularga tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish hamda ularning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga erishish;mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
  • mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, parazitologiya ixtisosliklari boʻyicha xorijiy etakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, axborotlar, shuningdek mutaxassislar keng almashinuvini ta'minlash;
  • hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar oʻtkazishda koʻmaklashish, sayyor konsultasiyalar, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borishdan iborat.