×
Menu
Close Menu

Simulyatsion markaz

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETINING SIMULYASIYA MARKAZI

  Talabalarning yuqori sifatli bilim olishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy tajriba va ko‘nikma orttirishi hamdabo‘lajak mutaxassislarning amaliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida
  2023-yilda “Simulyatsion markaz” tashkil etilib foydalanishga topshirildi.

  O‘quv-simulyatsion va talabalarning amaliy ko’nikmalar buyichabilimini baholash markazi SamDTUxududida 3 qavatli binodajoylashgan bulibunda 25 o‘rinli test kompyuter zali, brifing va debrifing zallari, mustaqil tayyorgarlik joylari, XR-Clinic xamda 3 ta ma’ruza zallari, 20 ta o’quv simulyatsion xonalar: neonotologiya va pediatriya, terapiya va EKG, xirurgiya va operatsion, bog’lov qo’yish, endoskopiya, anesteziologiya va reanimatologiya, akusherstvo va ginekologiya, xamshiralik ishi(protseduralarni bajarish), klinik patofiziologiya, otorinoloringologiya, oftalmologiya, neyroxirurgiya, UTT, anatomiya (Anotamash stoli), vertual xirurgik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi, yuz-jag’ jarroxligi va implantologik stomatologiya yunalishlari uchun real simulyatsiya xonalari mavjud bulib, bakalavriyat, magistratura, ordinatura, shifokorlar, o’rta tibbiyot xodimlari, tibbiyot texnikumlari uqituvchilariningbilimlarini oshirishda xizmat qilib kelmoqda.

  O‘quv-simulyatsion markazigastromentor ekspress jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladigan xonalar, virtual-realistik qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lib, unda talabalar jarrohlik amaliyoti yuqori sifatli video va audio uzatish orqali kuzatib borishi hamda muloqot qilish imkoni bor.

  XR-Clinic kengaytirilgan reallik texnologiyalari (XR - Extended Reality) asosida real simulyatsiya muhitida tibbiy kasbiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun innovatsion mahsulot bulib, simulyatorlartalabalar, rezidentlar va shifokorlarni Anestiziologiya va reanimatologiya, Akusherlik va ginekologiya, Kardiologiya, Jarrohlik, Gastroenterologiya,Neyroxirurgiya, Pediatriya va Neanotologiya,Pulmonologiya, Nurli diognostika, Otorinolaringologiya, Oftalmologiya, Stomatologiya, Patofiziologiya, yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun mo‘ljallangan:

  Quyida fanlar bo'yicha xonalar keltirilgan:

  Simulyatsion markaz Koreya, Yaponiya, Germaniya,Fransiya, Rossiya davlatlarining zamonaviy va oxirgi rusumdagi 20 dan ortik 500 dan ortik tibbiy apparaturalari va asbob uskunalari, 100 dan ortik manikenlari, fantom, trenajer va mulyajlari, 50 dan ortik kompyuter texnika vositalari, monitorlar va infakiosklar bilan jixozlangan. Bemorni tekshirish algoritmini sinab ko‘rish uchun 200 dan ortiq tayyor klinik holatlar mavjud.

  Markazda tashkil etilgan veterinar laboratoriyada xirurgik kafedralar tomonidan jarroxlik amaliyotlari o‘tkazilib, talabalarda amaliy kunikmalarning shakllanishida xizmat kilib kelmokda.