Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning darslardan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda sportga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etib kelinadi.
Joriy yilning 12-aprel kuni Arsal Education Services LCC bilan hamkorlikda tashkil etilgan sport festivaliga start berildi. Ochilishida soʻzga chiqqan Xalqaro taʼlim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabov tashkil etilayotgan sport musobaqasini nafaqat sogʻlom hayot, balki, mustahkam doʻstlik ramzi sifatida ta'kidladi.
Dastlabki kun xorijlik talabalar basketbol boʻyicha oʻzaro bellashdilar. 19-aprelga qadar davom etadigan bellashuvlarda voleybol, regbi, badminton, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari oʻrin olgan.
SamDTU Matbuot xizmati