×
Menu
Close Menu

​Universitet Registrator ofisi faoliyati tahlil qilindi

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi № 73-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-fevraldagi №7-sonli Ilmiy kengash yig‘ilishi hamda 2025-yil 18-mart kuni № 116-AF sonli ichki buyrug‘i asosida “Registrator ofisi”ning Nizomi tasdiqlangan bo‘lib, ofis ushbu nizom asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

  Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan universitetda tashkil etilgan Registrator ofisi faoliyati ko‘zdan kechirilib, tahlil qilindi. Shuningdek, registrator ofisini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiyalar berildi.

SamDTU Matbuot xizmati