×
Menu
Close Menu

Stomatologiyaning zamonaviy yechimlariga bag'ishlangan seminar tashkil etildi

  Joriy yilning 24-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Stomatologiya fakulteti talabalari uchun zamonaviy stomatologiya muammolariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

  Seminarda ma’ruzachilar tomonidan stomatologiya sohasining bugungi kundagi rivoji, zamonaviy texnologiya va jihozlar, zamonaviy preparatlar, shuningdek, innovatsion davolash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

  Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati