Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bugungi kunda atrof muhitni asrash, ekologiyani yaxshilash va inson salomatligi yo‘lida amalga oshirilayotgan umumxalq harakatiga aylanib ulgurdi. Jumladan, 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi bu harakatga yanada keng tus berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Joriy yilning 15-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham Respublika miqyosida tashkil etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazildi.
SamDTU jamoasi tomonidan Urgut tumani Teshiktosh fermer xoʻjaligiga qarashli hududda 200 tupdan ziyod manzarali koʻchatlar ekilib, obodonlashtirildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi keng ishlar nafaqat atrof muhit va ekologiyani yaxshilashga, balki, inson salomatligini mustahkamlashga ham zamin yaratadi.
SamDTU Matbuot xizmati