×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-klinikasi

KLINIKA HAQIDA

  SamDTU 1 klinikasi O'rta Osiyoda birinchi bo'lib qurilgan, ko'p tarmoqli shifoxona hisoblanadi. Uning qurilishi 1926 yilda o'z davrning ilg'or loyihalari asosida boshlanib, 1929 yilda "Respublika shifoxonasi" nomi bilan foydalanishga topshirilgan. 1930 yilda Samarqand shahrida O'zbekiston davlat tibbiyot institutining ochilishi munosabati bilan Respublika shifoxonasi institut tasarrufiga o'tkazilib unga klinika maqomiga berilgan.

  Sammi 1-klinikasi institutning ajralmas qismi bo'lib, tibbiyot kadrlarini tayyorlash uchun asosiy o'quv, ilmiy va tibbiy baza bo'lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida klinika faoliyatida ham tub o'zgarishlar ro'y berdi: bo'limlarni qayta qurish va modernizatsiya qilish, binolar va kommunikatsiyalarni kapital ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish amalga oshirilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Yaponiya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan 300 dan ortiq yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar, ko'plab zamonaviy dizayndagi qattiq va yomshoq inventarlar o'rnatildi.

  1-klinikaning bo'limlari bazasida Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 17 ta klinik kafedra (kurs)lari faoliyat olib borayotgan bo'lib, ularda klinik bilimlarni rivojlantirish, amaliy ko'nikmalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davolash ishlarida 14 nafar professor va tibbiyot fanlari doktorlari, 46 nafar dotsent va tibbiyot fanlari nomzodlari, 58 nafar yuqori toifali shifokorlar ishtirok etishadi.

  Klinikaning bo'limlari bazasida o'tgan yillar davomida klinik va eksperimental tibbiyotning dolzarb muammolari bo'yicha katta kashfiyotlar qilindi. Klinika materiallari asosida 500 ga ziyod doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. O'z vaqtida klinikada O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi U.A. Aripov, I.Z. Zokirov, professor F.M. Golub, N.A. Mirzoyan, N.I. Medvedev, dotsent B.X. Qoraxadjayev, Rossiya Fanlar akademiyasining akademiklari R.M. Xayitov, N.M. Muxarlyamov, professor E.S. Avetisov va boshqalar kabi taniqli olimlar ishlagan.

  Bugungi kunda Sammi 1-klinikasi mamlakatimizning janubi-sharqiy va shimoli-g'arbiy viloyatlarida zamonaviy diagnostika va davolash markaziga aylandi. Klinikada Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy va respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelgan bemorlarga, shuningdek, qo'shni mamlakatlarning fuqarolariga har yili 19000ga yaqin yuqori malakali statsionar tibbiy yordam ko'rsatiladi, 100000 dan ortiq ambulator ko'riklar o'tkaziladi, 3000-3500 tug'ruq qabul qilinadi, 6000 dan ortiq jarrohlik amaliyoti amalga oshiriladi. Shu bilan birga 500000 dan ortiq laboratoriya, 100000 dan ortiq rentgen, ultratovush, endoskopiya va boshqa funktsional tekshirish usullari o'tkaziladi.

KLINIKA BO'LIMLARINING TARKIBI

Davolash bo'limlari (o'rinlar soni)

Diagnostika-yordamchi bo'limlar

Revmatologiya bo'limi (35)

Rentgen-radiologiya bo'limi

Kardiologiya bo'limi (25)

Qabul bo'limi

Nevrologiya bo'limi (40)

Maslahat poliklinikasi

Bolalar nevrologiyasi bo'limi (40)

Laboratoriya

Xirurgiya bo'limi (25)

Markaziy sterilizatsiya bo'limi

Proktologiya bo'limi (20)

Fizioterapiya bo'limi

Neyroxirurgiya bo'limi (40)

Davolash jismoniy tarbiya xonasi

Oftalmologiya bo'limi (35)

Ichki dorixona

Otorinolaringologiya bo'limi (20)

Patanatomiya bo'limi

Tugruq majmuasi (48)

Xo'jalik bo'limlari

Ginekologiya bo'limi (20)

Bolalar kasalliklari bo'limi (40)

Reanimatsiya bo'limi (12)

Jami 400 o'rin

KLINIKANING MAQSADI VA VAZIFALARI

  Klinikaning asosiy maqsadi Samarqand Davlat tibbiyot universitetining talabalari tomonidan klinik fanlar bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, belgilangan tartibda O'zbekiston respublikasi va qo'shni davlatlardan murojaat qilib kelgan fuqarolarga statsionar va ambulator sharoitda yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish.

Klinika quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  1. Aholiga tibbiy yordam ko'rsatish sifatini oshirish uchun sog'liqni saqlash tizimida ishlaydigan oliy ma'lumotli shifokorlar va hamshiralarning klinik tayyorgarligini oshirish.
  2. Halqaro tashxislash va davolash standartlariga muvofiq kattalar va bolalarga statsionar va ambulatoriya sharoitida malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish.
  3. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, shuningdek tug'ish yoshidagi ayollarni reabilitatsiya qilish.
  4. Amaldagi San Q va Mga muvofiq shifoxona ichi infektsiyasini oldini olish, sanitariya-epidemiologiya, dezinfektsiya rejimiga rioya qilishni ta'minlash.
  5. Sanitar aviatsiya hizmati orqali og'ir kasallarga amaliy yordam ko'rsatish.
  6. Viloyat davolash-profilaktika muassasalari vrachlari uchun institutning etakchi professorlari, dotsentlari va klinikaning bo'lim mudirlari tomonidan mahorat darslarini rejali ravishda o'tkazish.
  7. Atrof muhitdagi ekologik o'zgarishlarni hisobga olgan holda shifokorlar faoliyatida profilaktik yo'nalishni shakllantirish.
  8. Yuqumli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, tibbiy madaniyatni oshirish va aholi uchun sog'lom turmush tarzini olib borish bo'yicha sanitar-oqartuv ishlarni olib borish.
  9. Samarqand viloyati va qo'shni viloyatlarning tibbiyot muassasalariga ilmiy, amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish.

SAMMI 1-KLINIKASIDA BEMORLARNI YUNALTIRISH VA GOSPITALIZATSIYA QILISH TARTIBI

Bemorlarni yuborish tartibi

  1-klinikaga murojaat qilish uchun bemorlar (tegishli tibbiy ko'rsatmalarga ega bo'lgan) viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi, viloyat tibbiy muassasalari, shuningdek tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan berilgan yo'llanma bilan murogaat qilishlari kerak. Yo'llanmaga bemorning ambulatoriya kartasi yoki tibbiy tarixidan ko'chirma ilova qilinishi kerak.

  Imtiyozli guruhga mansub bemorlarga bepul tibbiy yordam ko'rsatish uchun klinikaning orderi rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 696-sonli Qaroriga muvofiq tegishli tibbiy-ijtimoiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, tasdiqlangan shaklda statsionar sharoitda imtiyozli (bepul) davolanish uchun yo‘llanma (order) beriladi viloyat, tuman (shahar) tibbiy birlashmalarining tibbiy tanlov komissiyasi tomonidan beriladi.

  Agar 1-klinikaga tegishli yo‘llanma bo'lmasa, bemorlar konsultativ poliklinikaga murojaat qilishlari mumkin. U erda ular klinika mutaxassislari, SamMIning professor-o'qituvchilaridan maslahat olishadi va diagnostika honalarida zamonaviy tekshirish usullaridan o'tishlari mumkin. Klinik tashxis qo'yilgandan so'ng, tibbiy ko‘rsatma va bemorning roziligi bilan klinikaning ixtisoslashtirilgan bo'limiga statsionar davolanish uchun konsultativ poliklinikaning yo‘llanmasi beriladi.

KO'RSATILADIGAN TIBBIY XIZMAT YO'NALISHLARI

1

UMUMIY TERAPIYA

25

PATOLOGIK AKUSНERLIK

2

REVMATOLOGIYA

26

XOMILADORLAR PATOLOGIYASI

3

KARDIOLOGIYA

27

NEONATOLOGIYA

4

GASTROENTEROLOGIYA

28

GINEKOLOGIYA

5

PULMONOLOGIYA

29

ENDOGINEKOLOGIYA

6

GEMATOLOGIYA

30

NEYROXIRURGIYA

7

ORGANIZMNI TANADAN TASHQARI TOZALASH USULLARI

31

BOLALAR

NEYROXIRURGIYASI

8

NEVROLOGIYA

32

MIKROXIRURGIK NEYROXIRURGIYA

9

NEYROVERTEBROLOGIYA

33

ONKONEYROXIRURGIYA

10

NEYROREABILITATSIYA

34

OFTALMOLOGIYA

11

BOLALAR NEVROLOGIYASI

35

BOLALAR   OFTALMOLOGIYASI

12

TIBBIY GENETIKA

36

MIKROXIRURGIK VA LAZERLI OFTALMOLOGIYA

13

UMUMIY PEDIATRIYA

37

OTORINOLARINGOLOGIYA

14

BOLALAR KARDIOREVMATOLOGIYASI

38

ENDOSKOPIK OTORINOLARINGOLOGIYA

15

BOLALAR PULMONOLOGIYASI

39

BOLALAR

OTORINOLARINGOLOGIYASI

16

XIRURGIYA

40

ANESTEZIOLOGIYA

17

LAZERLI XIRURGIYA

41

REANIMATSIYA

18

LAPARASKOPIK ENDOXIRURGIYA

42

OKSIGENОTERAPIYA:

-GIPERBARIK OKSIGENATSIYA (GBO)

- OZONOTERAPIYA

19

TORAKOSKOPIK ENDOXIRURGIYA

43

FIZIOTERAPIYA

20

MINILAPAROTOM OPERATSIYALAR

44

DAVOLASН JISMONIY TARBIYASI (DJT)

21

MINITORAKOTOM OPERATSIYALAR

45

NUQTALI MASSAJ

22

PLASTIK XIRURGIYA

46

IGNA BILAN DAVOLASh

23

KOLOPROKTOLOGIYA

47

RENTGEN-RADIOLOGIYA

24

FIZIOLOGIK AKUSНERLIK

48

BIOPTATLAR PATAMORFOLOGIYASI VA PATAGISTOXIMIYASI


TIBBIY ISHLARNI ISHLAB CHIQARISH TARTIBI

Manba: http://1klinikasammi.uz