×
Menu
Close Menu

Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

  Bugungi kunda hayotning barcha jabhalari kabi taʼlim sohasiga ham yangicha eʼtibor, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga boʼlgan munosabat oʼzgarmoqda.

  Institutida Yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligining tegishli meʼyoriy hujjatlari, institut rektorining buyruqlari asosida hamda viloyat va shahar hokimliklari, Viloyat «Maʼnaviyat va maʼrifat markazi», huquq-targʼibot xodimlari, diniy idora vakillari, jamoat tashkilotlari va boshqalar bilan hamkorlikda bajarilib kelinmoqda.

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 ta tashabbus yuzasidan oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar namunaviy metodik dastur asosida institutda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʼlib, barcha oʼquv binolari va Talabalar turar joylarida 5 ta tashabbus boʼyicha stendlar va devoriy koʼrgazmalar oʼrnatilgan.

  1-tashabbus doirasida: “Talabalar” teatr studiyasi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Tafakkur sinovlari”, “Zakovat” klublari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Sanʼat sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun tegishli barcha asbob-uskunalar(tor, doira, gʼijjak, dovul va boshqalar), ovoz kuchaytirgich uskunalar oʼrnatilgan. Fakultetlarda “Avitsenna”, “Shok”, “Mediator”, “Adrenalin” va “Samarqand” kabi “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari iqtidorli yoshlar qamrab olingan.

  Institutda har yili talabalar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda ko‘rik-tanlovlar va musobaqalar o‘tkazilib kelinadi. Jumladan, “Yil talabasi” tanlovining guruhlar va fakultet bosqichi ko‘rik-tanlov Nizomi asosida o‘tkazilib, kelinib institut bosqichi g‘oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilib borilgan. Institutning 1 nafar talabasi Respublika oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida oʼtkazilgan vatanparvarlik mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” tanlovida 1 oʼrinni qoʼlga kiritgan. Korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha Respublika Oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida boʼlib oʼtgan “Eng yaxshi plakat” koʼrik-tanlovida ham talabamiz 1-oʼrinni egallagan.

  2-tashabbus boʼyicha: jismoniy tarbiya va sport kafedrasida devoriy stendlar oʼrnatilgan talabalar va professor-oʼqituvchilar oʼrtasida futbol, mini-futbol, basketbol, gandbol, voleybol, stol tennisi, kurash, yengil atletika, shaxmat-shashka, gimnastika va boshqa sport turlari boʼyicha turnirlar oʼtkazilib kelinmoqda.

  3-tashabbus boʼyicha: institut talabalar turar joylari va oʼquv binolarida talabalar va professor-oʼqituvchilarning internetdan foydalanishlari uchun bepul wifi routerlari oʼrnatilgan. Institut axborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda. Institut ARM xududida QR-kodli elektron kutubxona faoliyatini yoʼlga qoʼyilgan.

  4-tashabbus boʼyicha: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda institutda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur va Abdulla Qodiriy, Zulfiya, Ozod Sharofitdinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalarning tavallud kunlari munosabati bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar va turli badiiy kechalar tashkil etilib kelinadi.

  Talabalar turar joylarida 5 ta tashabbus doirasida alohida xonalar tashkil qilingan. Jumladan, kutubxona filiallari, “Qizlarjon” klubi, kompyuter tugaraklari xonasi, sport klubi va sanʼat klubi faoliyat koʼrsatmoqda. Talabalar turar joyida “Kitobxonlik” mushoiralari va “Zukko kitobxon” lo‘rik-tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

  5-tashabbus boʼyicha: Xotin-qizlar oʼrtasida keng targʼib qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida talabalar turar joylarida tikish-bichish boʼyicha toʼgarak tashkil etilgan. Oʼtgan davrda ota-onalar va mahalla institutining oʼrni va rolini kuchaytirish maqsadida “Taʼlim muassasasi – oila – mahalla” tizimi orqali qizlar bandligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Institut miqyosida yurtimizda nishonlanadigan bayram sanalari, allomalar va yurtdoshlarimizning tavallud sanalari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy sohada belgilangan tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilib kelinadi.

Institut talaba-yoshlarini darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Samarqand shahridagi muzeylar va teatrlarga alohida reja jadval asosida jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.