Joriy yilning 19-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani Sobirjon Mamaradjabov, dekan o’rinbosarlari, universitet profilaktika inspektori, universitet psixologi hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida birinchi bosqich talabalari universitet rahbariyati bilan yana bir bor tanishtirilib, ichki tartib-intizom va axloqiy normalar tog’risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazilib, yil davomida faollik ko’rsatib turli jabhalarda yutuqlarga erishgan talabalarga diplom hamda sertifikatlar topshirildi.

SamDTU Matbuot xizmati