Joriy yilning 13-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son Klinikasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbar o‘rinbosari Axadov Foziljon Olimjonovich hamda Ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida Samarqand davlat tibbiyot universiteti bitiruvchi talabalari bilan “Davlat xizmatiga dastlabki qadam” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash ishlari bo‘yicha prorektori N.Abdullayeva ochib berdilar.
Ochiq muloqotda davlat tashkilotiga ishga kirishda elektron ariza yuborish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish, ish beruvchi tashkilot faoliyati to‘g‘risida masofadan turib elektron to‘liq shakldagi ma’lumotga ega bo‘lish to‘g‘risida soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilishda ish beruvchi tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan bitiruvchi yoshlarni tanishtirdi. Yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
SamDTU Matbuot xizmati