1-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, professor A.N.Maxmudova, dotsent L.R.Usmonova va o‘qituvchi G.K.Mardiyevalar “Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida Samarqand tumani 40-sonli umumta’lim maktabida davra suhbati o‘tkazildilar.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Samarqand davlat tibbiyot universiteti va unda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, zamonaviy ta’lim va texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga 1-mart o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonimning 110-yillik tavalludiga bag‘ishlab, uning ijodi va hayoti haqida so‘zlab berildi.
O‘quvchilar suhbat davomida faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
SamDTU matbuot xizmati