×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi

Maxmudova Xurshida Irgashevna

biologiya fanlari nomzodi, dotsent


Qabul vaqti: Seshanba, payshanba 14:00 - 16:00
Tel: +998 66 232 19 18
Faks: +998 66 232 19 18
E-mail: sammi_al@umail.uz
Manzil: Samarqand sh. Voxid Abdullayev ko'chasi, 14

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi akademik litseyi (SamDTI qoshidagi 1-son akademik litsey) poydevori dastlab 2004-2005 o`quv yilida qo`yilgan b`olib, 15 yillik tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Akademik litsey Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2004-yil 27-sentabrdagi 198-sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan bo’lib, 2004-2005-o’quv yilidan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey bo’lib ish boshlagan va litsey direktori vazifasini vaqtincha SamDTI litsey internat direktori k.f.d., prof. M.D.Davronov bajargan. Akademik litsey direktori lavozimida 2005-2007 yillar k.f.n A.Raximberdiyev, 2007-2010 yillar E.A.Safayeva, 2010-2019 yillar k.f.n M.U.Djalilovlar faoliyat ko’rsatganlar.

  Akademik litsey 2017-yilga qadar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey nomi ostida faoliyat olib borgan bo’lib, hozirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlari maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2017-yil 2-oktabrdagi № 583-sonli buyrug‘i asosida akademik litsey Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o’tkazildi va “Samarqand Davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi” nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti rektori prof. A.M.Shamsiyev tomonidan 2019-yil 8-aprelda akademik litseyning o’quv, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarini yanada yaxshilash maqsadida institutning “Tibbiy biologiya va genetika” kafedrasi mudiri b.f.n, dots. X.I.Maxmudova akademik litsey direktori etib tayinlandi. Samarqand Davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi faqat tabiiy fanlar yo’nalishiga ixtisoslashgan bo’lib, institut bilan hamkorlikda o’zining zamon talablariga mos o’quv-ilmiy, moddiy-texnik bazаsiga ega. Akademik litseyda darslar zamonaviy, jahon ta’lim standartlariga mos o’quv xonalarida katta tajribali va ilmiy-pedagogik salohiyatga ega o’qituvchilar tomonidan o’qitishning interfaol usullari, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda olib boriladi. Jumladan, chuqurlashtirilgan kimyo, biologiya, fanlaridagi laboratoriya mashg’ulotlari maxsus laboratoriya o’quv xonalarida, amaliy mashg’ulotlar esa kichik guruhlarga bo’lingan holda o’tiladi.

  Hozirda akademik litseyda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-sonli farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli qaroriga asosan rejali va joriy attestasiyadan o’tgan 36 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda, ularning 1 nafari fan nomzodi, 4 nafari bosh o’qituvchi, 6 nafari yetakchi o’qituvchi, 13 nafari esa katta o’qituvchilar hisoblanadi.

  Akademik litseyda o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va mahoratini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratilib, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti kafedralari professor o’qituvchilari bilan birgalikda o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2020-2023 yillarda Samarqand Davlat tibbiyot universiteti rektorining tashabbusi bilan akademik litsey o’qituvchilari xorijiy davlatlarda malaka oshirishi rejalashtirilgan.

Hozirda SamDTU akademik litseyida ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan 5 ta:

  • Biologiya;
  • Kimyo;
  • Tillar;
  • Aniq fanlar;
  • Gumanitar fanlar;

  Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari “Akademik litsey fan kafedralari to’g’risidagi na’munaviy nizom”ga asosan o’z ish faoliyatlarini olib bormoqda.

  Akademik litseyda ta’lim jarayonini DTS talablari asosida bajarish maqsadida o’qituvchi va o`quvchilarning ijodiy hamkorligini targ’ib etish, ularning iqtidor va qobilyatlarini namoyon etish uchun fan oyliklarini o’tkazish kafedralar tomonidan talab darajasida bajarilmoqda. Bu esa ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishga imkoniyat yaratmoqda. Akademik litseyda zamon talablariga javob beradigan sport zali, 220 o’rinli faollar zali, 10 dan ortiq fan to’garaklari, 200 o’rinli oshxona va yotoqxona o’quvchilar ixtiyorida bo’lib, yotoqxonada yashovchi o’quvchilar 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi, bundan tashqari direktor X.I. Maxmudova tomonidan muhtaram Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi asosida yoshlarni bo’sh vaqtini samarali o’tkazish borasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 ta kompyuter xonalari, 1 ta kutubxona va o’quv zali hamda kitobxonlik to’garaklari tashkil etildi. Akademik litseyni bitirgan o`quvchilarga akademik litsey diplomi va “Kimyo laboranti” kichik mutaxassisligi sertifikati beriladi.

  Akademik litsey bilimga chanqoq yoshlarni mamlakatimiz kelajagi yo’lida tarbiyalab, respublikada o’zining munosib o’rnini egallagan ilm dargohidir. Akademik litseyni tugatgan o’quvchilari Respublikamizning barcha tabiiy fanlar mavjud bo’lgan oliygohlarda tahsil olmoqdalar. Bundan tashqari akademik litsey o`quvchilari fan olimpiadalarida munosib qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda, jumladan, KIMYO fanidan Do’stov Anvar Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o’rinni egallagan, Faxriyev Jahongir esa 48-Butun jahon olimpiadasida 3-o’rinni egallab, 50-Xalqaro olimpiadada ham qatnashib bronza medalini qo’lga kiritgan. Viloyat olimpiadasida esa Xusanov Muhammad kimyo fanidan 3- o’rinni, Xurramov Yaxyoxon 2-o’rinni, biologiya fanidan Normurodov Sherbek 2- o’rinni, Baxtiyorov Begali 1-o’rinni, ona-tili va adabiyot fanidan Abduraximova Dilso‘zlar 2- o‘rinni egallagan va respublika olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashganlar.

  Akademik litseyda o’quv jarayonini yanada yaxshilash, bilimli, qiziquvchan iqtidorli o’quvchilarni 2019-2020 o’quv yiliga tanlab olish maqsadida institut rahbariyati va X.I. Maxmudovaning tashabbuslari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarini maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-sonli qarori hamda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-sonli “Akademik litseylarga umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini tanlab olish, o'qishga qabul qilish, ularning o'qishini ko‘chirish va o'qishdan chetlatish tartibi to'g‘risida”gi qarori va 2018-yil 17-iyuldagi 3040-son qarori bilan Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligining qo'shma qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o'tkazish, rasmiylashtirish va natijalarni e'lon qilish tartibi to'g‘risida”gi Nizomi asosida aprel-may oylarida viloyatning barcha tumanlarida targ’ibot-tashviqot ishlari jadallik bilan olib borildi. Test jarayoni katta zalda shaffof, ochiq-oydin tashkil etildi. Kelajakda akademik litsey o’quvchilari oldida davlatimiz rahbari va institut rektori tomonidan yaratilgan sharoitlardan to‘laqonli foydalanish hamda oliy o’quv yurtlarining munosib nomzodlari bo’lish kabi vazifalar turibdi.