Shukurov Lazizbek Elbek o'g'li
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i
Qabul vaqti: | Har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha |
E-mail: | admin@sammu.uz |
Sayt: | https://sammu.uz |
Telegram: |
https://t.me/sammu_education |
Facebook: | https://www.facebook.com/sammu.education |
Instagram: | https://www.instagram.com/sammu_education |
YouTube: | https://www.youtube.com/c/sammu_education |
Manzil: | Samarqand sh., Amir Temur k.,18-uy |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 1-apreldagi PQ-188-son Qaroriga muvofiqlashgtirish yuzasidan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti (keyingi o‘rinlarda “SamDTU” yoki “universitet”) ning 2022 yil 16-maydagi 275/AF-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan mazkur nizom O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018-yil fevraldagi 08/1-580-son topshirig‘i asosida tashkil etilgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi faoliyatining tartib-tamoyillarini belgilaydi.
Markaz SamDTUning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- universitetda axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida universitet rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
- “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
- univeritetdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
- kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
- kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
- universitet kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
- universitetda Internet tarmog‘i, elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
- universitetning nusxa oladigan serverlarini ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
- universitetning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
- saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
- axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
- axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
- dasturiy vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo‘qotishlardan himoyalash;
- operatsion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni echish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
- ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
- himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash.
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda:- kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish;
- o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;
- kompyuter o‘quv xonalariga va kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompyuter o‘quv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- tarkibiy bo‘linmalarda foydalanilayotgan kompyuterlarning tizim va ofis dasturlarini o‘rnatish va yangilab borish;
- mavjud kompyuterlarga o‘quv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni o‘rnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish.
- o‘quv binolaridagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, switchlar, wi-filar) doimiy ishlab turishini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
- kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;
- kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini o‘rnatish va ularning yangilab borilishini ta’minlash;
- o‘quv binolariga o‘rnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
- tarkibiy bo‘linmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari bo‘yicha uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;
- internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
- xodim va talabalarni Internet tarmog‘idan samarali foydalanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
- internet tarmog‘iga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali internet tarmog‘ini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
- tarkibiy bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning universitet elektron pochta xizmati bilan ta’minlash va ularni elektron pochtadan to‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib borish;
- rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va axborot xizmati tomonidan universitet faoliyatiga oid berilgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida joylashtirish;
- veb-sayt orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini ta’minlash.
- o‘quv jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud dasturlarni rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- global axborot-huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni hamda ularni muntazam yangilab borilishini tashkil etish;
- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan maxsus dasturlarni universitetga tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘ldirib borilishini ta’minlash;
- universitetda joriy etilgan Elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
- elektron ta’lim resurslar bazasini yaratish va uni to‘ldirib borilishini nazorat qilish hamda reestrini yuritish;
- yangi avlod adabiyotlarining elektron variantlarini yaratishga dasturiy va texnik yordam ko‘rsatish;
- yaratilayotgan elektron darsliklar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini nazorat qilish.
Markaz o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
- universitetning tarkibiy bo‘linmalaridan bo‘lim faoliyatiga taalluqli materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
- universitet faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini ko‘rsatgan bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
- zarur hollarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qoidalariga va axborot xavfsizligiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
- markaz faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lish.
- universitet Kengashining qarorlari va rektor buyruqlarida markazga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga;
- universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga;
- faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, universitet tadbirlarida faol ishtirok etishga;
- o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga;
- mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;
- universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari amal qilishga.