×
Menu
Close Menu

Rektorning tabrik murojaati

Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga Xush Kelibsizlаr!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti – Markaziy Osiyoda birinchi tashkil etilgan oliy meditsina taʼlim muassasasidir. Institutning asosiy maqsadi, zamonaviy jaxon standartlari talablariga javob bera oladigan, yuqori malakali meditsina xodimlarini tayyorlashdir.

   Institut 1930-yilda tashkil etilgan boʼlib, oʼz faoliyati davrida institut hamda institutda yetishib chiqqan olimlar nafaqat Respublikamiz, balki dunyo miqyosida meditsina sohasining rivojlantirishga ulkan hissa qoʼshib kelmoqda.

   Taʼlim jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida taʼlimning modul va elektron texnologiyalar jadallik bilan oʼzlashtirilib, qoʼllanilib kelinmoqda. 2013-yildan boshlab institutda, ECTS talablariga javob beradigan, oʼqitishning kredit-modul tizimi joriy etilgan. Bu esa, oʼz navbatida, xorijiy davlatlardan studentlarni jalb qilishga qoʼl kelmoqda.

   Institut boy moddiy-texnik bazaga ega. Unda yuqori sifatli tibbiy taʼlim olish, yashash hamda studentlar boʼsh vaqtlarini sifatli oʼtkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

   Institutning barqaror mavqeini uning rivojlanish strategiyasi belgilab bermoqda. Sifatli tibbiy taʼlim anʼanalarida institutda tanlangan yoʼl, uning sogʼliqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlovchi yetakchi oliy taʼlim muassasalar qatorida turishiga poydevor boʼlib kelmoqda.


Universitet rektori

Professor Jasur Аlimdjanovich Rizayev