×
Menu
Close Menu

​“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi

  Aholi hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida  yurish marafoni tashkil etildi.

  Erta tongdan universitet rektori boshchiligidagi xodimlar va talaba-yoshlar shahrimizning universitet xiyobonidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi o‘quv binosiga qadar davom etgan marafonda ishtirok etib, faol jismoniy mashqlar bilan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajardilar.

  Bu kabi sport tadbirlarini ommaviy tarzda tashkil etish aholi va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilshda muhim ahamiyat kasb etadi.



SamDTU Matbuot xizmati