×
Menu
Close Menu

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Kubayev Aziz Saydolimovich

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent.


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Telefon:
+998 (66) 233 07 66
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: azizkubaev784@gmail.com
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur k.,18 uy

    Kubayev Aziz Saydolimovich 2007 yil Samarqand Davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetini tugatgan.

    2007-2010 yilda Toshkent pedatriya tibbiyot isntitutida “Otorinoloringologiya” ixtisosligi bo‘yicha magistratura rezidenti. 2011-yildan 2013 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Jarrohlik stoma-tologiya”  kafedrasining katta laboranti; 2013-yildan 2014 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Jarrohlik stomato-logiya” kafedrasining stajor o‘qituvchisi; 2014-yildan 2016 yilgacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasining assistenti; 2016-yildan 2017 yilgacha Toshkent davlat stomatologiya instituti Samarkand filiali “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasining assistenti; 2017-yildan 2021 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot instituti “Yuz-jag‘ xirurgiyasi kafedrasi (bolalar yuz-jag‘ xirurgiyasi  kursi bilan)” kafedrasining assistenti. 2021-yildan xozirgi kungacha Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Yuz-jag‘ xirurgiyasi kafedrasi (bolalar yuz-jag‘ xirurgiyasi kursi bilan)” kafedrasi dotsenti.

    2020 yilda «Yuzning o‘rta zonasida morfofunksional va estetik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yuqori mikrognatiyani tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini,  2023 yilda «Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashhislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Kubayev A.S. 100 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi, shulardan 3 ta monografiya, 5 ta ukuv ko‘llanma. 12 ta ukuv uslubiy ko‘llanma. 75 ta makola va tezislar, shulardan Scopus bazasida 4 ta- OAK ro‘yxatidagi xorijiy jurnallarda 30 ta, OAK ro‘yxatilagi respublika jurnallarda 41 ta va 4 ta EXM dasturi mualifi. Scholar.google bo‘yicha ixtibosliklar soni 539 ta bo‘lib. Xirsh indeksi 13 ga teng.

  Ilmiy va innovatsion faoliyat Samarqand Davlat tibbiyot universiteti faoliyatini muhim qismi boʼlib, sogʼliqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasida amalga oshirib kelinmoqda.

  SamDTU respublika va halqaro koʼrgazmalar, konferentsiyalar, kongresslar va boshqa ilmiy tadbirlarga faol ishtirok etmoqda. universitetda muntazam ravishda tibbiyotni dolzarb masalalariga bagʼishlangan turli xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʼtkazilib kelinmoqda.

  SamDTU zamonaviy poligrafik bazasiga ega. Muntazam ravishda oʼquv qoʼllanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlar toʼplamlari, OʼzR OАK dissertatsion ishlarni asosiy natijalarini chop etadigan nashrlar roʼyxatiga kiritilgan «Journal of Biomedicine and Practice», «Biologiya va tibbiyot muammolari jurnali», «Vrach axborotomasi jurnali», «Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali», «Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar jurnali», «Reproduktiv salomatlik va uronefrologik tadqiqotlar jurnali», «Stomatologiya va kraniofatsial tadqiqotlar» jurnallari nashr qilinmoqda.

  Oliy malakali kadrlarni tayyorlash uzluksiz tizimi tashkil etilgan. universitetni bitirgandan soʼng talabalar oʼz oʼqishlarini magistratura, klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktoranturaga davom ettirishlari mumkin. Universitetda tibbiyot fanlari boʼyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) boʼyicha quyidagi ixtisosliklar boʼyicha 3 Ilmiy kengash faoliyati yoʼlga qoʼyilgan: 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya, 14.00.04 - Otorinolaringologiya, 14.00.05 - Ichki kasalliklar, 14.00.09 - Pediatriya, 14.00.13 - Nevrologiya, 14.00.14 - Onkologiya (2021й гача), 14.00.21 –Stomatologiya, 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi, 14.00.38 – Sport tibbiyoti.

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy muassasalar hamda oliy taʼlim muasasalarini reytingi olib borilmoqda va ularni ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimi joriy qilingan. 2020-2021 oʼquv yili boʼyicha baholash natijalariga koʼra, reytingda ishtirok etadigan 85 OTMlar ichidan SamDTI eng zoʼr 10-likga kirdi. Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi rektor J.А. Rizayev va ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Sh.X. Ziyadullayevlarni ragʼbatlantirishga taqdim etgan.


ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘YICHA PROREKTOR LAVOZIMINING MAJBURIYATLARI


  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmonlari va farmoyishlari, ta’lim va fan sohasidagi Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining me’yoriy – huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
  • Rejalar va dasturlarni, ilmiy – tadqiqot, innovatsion , ixtirochilik faoliyati va ilmiy tadqiqotlarni standartlashtirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishda kafedra va kurslarga tashkiliy yordam ko‘rsatish;
  • Iqtidorli yoshlarni topish, tanlash va ular bilan ishlashda yordam va boshqarish;
  • Talabalarni Respublika va xalqaro ilmiy –amaliy konferentsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyalari, I.A. Karimov va Avitsenna nomidagi davlat stipendiyalari tanloviga, shuningdek Respublika fan olimpiadalariga tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • universitet kafedralarining ilmiy – tadqiqot faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni, shuningdek ilmiy tadqiqot loyihalari va grantlarida ishtirok etish, tadqiqotlar samaradorligini monitoring qilish, turli xil ko‘rgazmalarda amaliy faoliyat, ilmiy texnik ishlanmalarni joriy qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish
  • Ilmiy tadqiqotlar olib borishda me’yoriy talablarga, hujjatlarni sifatli rasmiylashtirishga, uni muvofiqlashtirilgan va o‘rnatilgan tartibiga rioya qilinishini ta’minlash;
  • Intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish, ilmiy yutuqlarni parentlash ishlarini boshqarish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish
  • Universitet kafedralari xodimlarining ilmiy materiallarini, shuningdek jurnalning ilmiy maqolalarini, universitetning o‘quv va ilmiy faoliyati davomida ilmiy va davriy nashrlarni tayyorlash va nashr etish jarayonini, kutubxona adabiyotlarining yangilanishini nazorat qilish; halqaro raqamli kutubxonalari Scopus, Web of Science va boshqalarga universitet xodimlarining kirishini ta’minlash;
  • Respublika va xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyalarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish, o‘qituvchilar va talabalarning etakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot universitetlari tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
  • Doktorantura va mustaqil izlanuvchilar orqali yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek universitet xodimlarining ilmiy unvonlarini o‘z vaqtida olishga yordam berish ;
  • Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan birgalikda chet el grantlarini olish bo‘yicha ilmiy loyihalarni shakllantirishda ishtirok etish.