×
Menu
Close Menu

Qabul monitoringi

  2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 

  Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 865 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

  Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi. 

  Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.

  Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

  Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

  Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

  Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan