×
Menu
Close Menu

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi


Ibragimov Orifjon Murodulloyevich

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti: Dushanba: 10:00-13:00, Payshanba: 14:30-18:00
Tel:

+998 (66) 232 19 70

E-mail: siyobtexnikum@umail.uz
Manzil:

Samarqand sh, Rudakiy koʼchasi, 190 –uy


TARIXI


  SamMI qoshidagi Tibbiyot bilim yurti O’zbekiston SSR Markaziy Komiteti va Ministrlar Sovetining 1982 yil 23 apreldagi 307-p sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 1982 yil 28-iyundagi 934-sonli buyrug’i asosida Samarqand shaxri Dahbet ko’chasi 31-uy manzilida tashkil etilgan. 2-son Samarqand tibbiyot bilim yurti direktor vazifasiga Ikrom Axmedovich Maxmudov tayinlangan. Shu davrda 150 kishi Hamshira mutaxassisligi bo’yicha o’qishga qabul qilingan. O’quv jarayoni Samarqand shahrining quyidagi davolash profilaktika muassasalarida faoliyat olib borayotgan vrachlari va hamshiralari tomonidan olib borilgan: SamMI 1-klinikasi, 2-klinikasi (xozirda RSHTTYoIMSF)da, yuqumli kasalliklar, 3-tug’ruqxona, viloyat shifoxonasi. Ushbu davrda faoliyat ko’rsatgan o’qituvchilar: S.Zaydinov, P.Safarov, R.Esanboyeva, K.Muxamadiyeva, B.M.Saloxiddinov, A.M.Rosulov, M.X.Vafakulova, Z.X.Xamidova, I.S.Urinov, A.A.Rustamov, A.A.Ikramov, Y.S.Rasulov, L.X.Karabayeva, S.S.Musinova, T.B.Okunskaya, A.A.Kazatsker, T.B.Xaitova, A.M.Raxmonova, G.F.Jalolova, S.B.Sulaymonov.

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 14-avgustdagi 338-sonli buyrug’i hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 2003 yil 29-dekabrdagi 572-sonli buyrug’iga asosan Siyob tibbiyot kolleji maqomi berildi.

  1989-2005 yillarda Xodiyev Xodji Xodiyevich Siyob tibbiyot kollejida direktor lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’z ish faoliyati davomida moxir murabbiy va matbuotda 45ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. Sog’liqni Saqlash vazirligi Samarqand viloyat hokimligi shahar va Siyob tuman hokimligini faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.

  2005-2008 yillarda Razzoqov Olim Narziqulovich Siyob tibbiyot kollejida director lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’z ish faoliyati davomida moxir murabbiy sifatida o’z o’rniga ega bo’lgan va matbuotda 100ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan.

  2008-2010 yillarda Davirov Abdurayim Ablakulovich o’z ish faoliyati davomida mas’uliyatli, izlanuvchan rahbar, matbuotda 30ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. Samarqand viloyat va shahar hokimligi faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.

  2012-2016 yillarda Jamolov Anvar Kuchkarovich Siyob tibbiyot kollejida direktor lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’z ish faoliyati davomida moxir murabbiy va matbuotda 80ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash a’lochisi, Samarqand viloyat va shahar hokimligi faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy –sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4666 qarori asosida Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi sifatida qayta tashkil etilgan.

  O’tgan qirq yil mobaynida ushbu ta’lim dargohini har xil yo’nalishda minglab talabalar bitirdi va Respublikaning Davolash profilaktika muassasalarida o’z faoliyatlarini yuritmoqdalar.

  Usarova Mukarram –Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo’limi boshlig’i , Negmatova Gulzoda Shuhratovna - Viloyat endokrinologiya dispanseri bosh vrachi, Narzullayeva Nigina Sanatovna- RSHTTYoIMSF neyroxirurgiya bo’limi katta hamshirasi, Ismoilov Anvar Qayumovich- Samarqand viloyat davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi sanitariya vrach yordamchisi, Haqberdiyeva Hilola-Samarqand shahar bolalar shifoxonasi vrachi, Yuldasheva Nodira Egamberdiyevna – SamMU diplomdan keying ta’lim fakulteti umumiy amaliyot-oilaviy tibbiyot kafedrasi assistenti, Sohibnazarova Gulzoda Zokirjonovna – RSHTTYoIMSF yetakchi hamshirasi, Mardonova Soxiba-yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi, Jumayev Murod Muxtorovich- Samarqand viloyat dezinfeksiya boshqarmasi birinchi o’rinbosari, Ismoilov Faxriddin-O’zbekiston respublikasi Mudofa vazirligi harbiy qism tibbiy qism boshligi, kapitan, “Mehr –sahovat” ko’krak nishoni sovrindori, Saidqulov Jasur-SamMU urologiya kafedrasi t.f.n, Qayumov Murod –pediatr, Parij meditsina universiteti magistri, Ochilova Shaxnoza-Payariq tuman Davlat sanitariya markazi laboratoriya bo’limi boshlig’i, Keying yillarda sog’liqni saqlash tarmoqlarida ishlab ham ta’lim sohasida ilmiy ish faoliyati bilan shug’ullangan insonlar: A.K.Bayjonov, A.K.Jamolov, B.M.Saloxiddinov.


O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI


  Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 5 ta: hamshiralik ishi, feldsher akusherlik ishi, feldsher laborantlik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika ishi feldsheri yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. O’quv jarayoni har bir kurs va yo’nalish bo’yicha quyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida olib boriladi:

  Malaka talablari, Na’munaviy o’quv reja, Na’munaviy o’quv dastur, Ishchi o‘quv reja, Ishchi o’quv dastur, Taqvim mavzu rejalar

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud: mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar materiallari televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida yunalishlar buyichamaxsus fan amaliy darslarini sifatli tashkil etish maqsadida 6 tatrening xonalari 2 talaboratoriyalar tashkil etilgan. Ushbu trening va laboratoriya xonalari Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan jihozlanish me’yori asosida jihozlangan bo’lib, fanga tegishli malaka talablarini 90-98 % o’rganish imkoni bor.

  Texnikum kutubxonasi:

  Kutubxona fondi – 32362 ta shundan: umumta’lim fanlar – 12294, umumkasbiy fanlar – 5792, kasbiy fanlar – 9585, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar – 1402,badiiy adabiyotlar – 3289 , ma’ruza matnlar – 34, elektron darsliklar – 238.

  Texnikum kutubxonasidagi kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan, kitoblarning elektron jamlamasi mavjud. Bundan tashqari o’quvchilar SamMU virtual kutubxonasi elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyatiga ega.


ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Texnikum yetakchi pedagoglari tomonidan so'nggi 3 yil ichida 250 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 1 ta darslik, 27 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 200 dan ortiq maqolalar nashr etilgan. Texnikumning aksariyat pedagoglari ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 4 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar.


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Texnikumda talabalar ilmiy to'garagi tashkil etilgan. Uning qatnashchilari ilmiy izlanuvchilarilmiy anjumanlarga qatnashib kelmoqda

  2022 yil may oyida bo’lib o’tgan tibbiyot talabalari va yosh olimlarning “Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari” 76-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Isayeva Gulandon Abunabi qizi I-o’rinli Diplom, Baxronova Marjona Ziyodullayevna II-o’rinli Diplom, Fazliddinova Sitora Shavkat qizi va Raximova Mexribon Azzamovna III-o’rinli Diplom bilan taqdirlandi.


Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan yutuqlar


  Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarga sodiqlik hissini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar ma’naviy-ma’rifiy, sport yo‘nalishlarida tashkil etilgan ko‘rik tanlovlarning shahar, viloyat, respublika va xalqaro bosqichlarida faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan “Farmatsiya” yo‘nalishida tahsil olgan Olimova Durdona Olim qizi “Zulfiya” davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan. 8-dekabr konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Siz qonunni bilasizmi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida Siyob tibbiyot kolleji jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Braziliya davlatida o‘tkazilgan Reo-2016 Parolimpiadasida sportning dzyudo turi bo‘yicha jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Nigmatov O‘tkir oltin medalni qo‘lga kiritdi. “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining respublika bosqichida Hamshiralik ishi yo‘nalishida tahsil olgan Axadova Zilola 3-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga texnikum jamoasi hamda o‘quvchilari shahar, viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etgan holda hokimlikning va boshqarmaning faxriy yorliqlari bilan taqdirlanib kelishmoqda.