×
Menu
Close Menu

​Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

  Joriy yilning 27-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash ishi fakulteti dekan o‘rinbosari tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari doirasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbirda 1-son davolash ishi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Zaripov, universitet profilaktika inspektori O.Eshmuratov hamda Samarqand viloyati IIB Kiber xavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

  Tadbir davomida talabalarga mavzu yuzasidan kerakli tushunchalar berilib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.


SamDTU Matbuot xizmati