×
Menu
Close Menu

Voleybol boʻyicha "REKTOR KUBOGI" gʻoliblari aniqlandi

     Joriy yilning 18-fevralidan 6-martiga qadar Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportga jalb etish maqsadida universitet sport klubi tashabbusi bilan voleybol sport turi boʻyicha REKTOR KUBOGI bellashuvlari oʻtkazildi.

     Qizgʻin va murosasiz tarzda kechgan bahslar yakunida gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, universitet rektori Jasur Rizayev tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

     Yakuniy natijalarga koʻra:

Yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlarda:

  • 2-son davolash ishi fakulteti jamoasi - 3oʻrinni;
  • Tibbiy pedagogika fakulteti jamoasi 2-oʻrinni;
  • Pediatriya fakulteti jamoasi - 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda:

  • 2-son davolash ishi fakulteti jamoasi - 3-oʻrin;
  •  Pediatriya fakulteti jamoasi - 2-oʻrin;
  • 1-son davolash ishi fakulteti -1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

SamDTU Matbuot xizmati