Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 1-aprelda qabul qilingan PQ-188-sonli qaroridagi ko‘rsatilgan ustuvor vazifalardan biri yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni viloyatimizning uzoq tumanlardagi aholiga yaqinlashtirish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida SamDTU umumiy xirurgiya mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Bemorda “Bir vaqtning o’zida endoskopik papillosfinkterotomiya va laparoskopik xolesistektomiya” operatsiyasi va bundan tashqari keyingi bemorda “Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasida (kardiofundal tip, II-daraja) laparoskopik usulda Nissen-Rozetti usulida fundoplikatsiya” operatsiyalari (Operatorlar – U.A.Sherbekov, Z.I.Murtazayev hamda Z.Ya.Saydullayev) muvaffaqiyatli bajarildi.
SamDTU Matbuot xizmati