×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Buyuk Britaniyaning Plimut universiteti bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 24-faevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Buyuk Britaniyaning Plimut universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Zafar Aminov kutib oldi.

  Tashrif doirasida uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik alaoqlarini yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi.

  Suhbat davomida ikki tomonlama ilmiy va amaliy hamkorlikni o‘rnatish, kelgusida talaba va o‘qituvchilarning o‘zaro akademik almashinuvini tashkil etish hamda immunologiya, neyroxirurgiya, reabilitatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

  Ma’lumot o‘rnida: Plimut universiteti Angliyaning Plimut shahrida joylashgan davlat universiteti bo‘lib, u yerda asosiy kampus joylashgan, shuningdek, universitetning Janubi-G‘arbiy Angliya bo‘ylab kampuslari va kollejlari mavjud. Universitetda 19 mingdan ortiq talaba va 2 mingdan ortiq professor-o‘qituvchilar mavjud.

  Universitet dastlab 1862-yilda Plimut dengiz maktabi sifatida tashkil etilgan, keyin esa 1920-yilda Universitet kolleji va 1970-yilda Politexnika institutiga aylangan, uning tarkibiga Plimut Politexnika instituti, Exmouthdagi Roll kolleji, Exeter san’at va dizayn kolleji va Hayne kolleji kirgan.

  1992-yilda universitet maqomi olinganida, universitet turli joylarda joylashgan edi. Vitse-kansler Levinski davrida universitet Plimut kampusida o‘z faoliyatini markazlashtirish siyosatini boshladi.


SamDTU Matbuot xizmati