×
Menu
Close Menu

Talabalar turar joyida tadbir o'tkazildi

  Joriy yilning 24-fevral kuni 1-son davolash fakulteti dekani G‘.U. Lutfullayev tashabbusi bilan Pediatriya kafedrasi xodimlari tomonidan 1-son talabalar turar joyida "Bo‘lg‘usi onalar maktabi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari, tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.

  Talaba qizlarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kerakli ma’lumotlar va tavsiyalar berildi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


SamDTU Matbuot xizmati