Joriy yilning 25-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga MESCA(Markaziy Osiyo tibbiyot va ta’limni rivojlantirish) jamg‘armasi direktorlar kengashi a’zosi, sog‘liqni saqlash sohasi oftalmologiya bo‘yicha mutaxassis, tadbirkor Nikki Leyla Hafezi xonim boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, kelgusida oftalmologik skrininglar hamda oftalmologiya bo‘yicha talabalar simpoziumini tashkil etish, MESCA va Light For Sight (bolalar va o‘smirlarda keratokonusga qarshi kurash) jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirgan holda bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

SamDTU Matbuot xizmati