Joriy yilning 3-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakultetining navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kengash yig‘ilishi doirasida universitet rektori, professor Jasur Rizayev ham ishtirok etib, SamDTUda yoshlarni tarbiyalashda hamda ilmiy aloqalarni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi N.N Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti Stomatologiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Belenova Irina Aleksandrovnaga “Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori” unvonini topshirdi.
SamDTU Matbuot xizmati